S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga
asoslangan protokollar.
Bir tomonlama xesh-funksiya yordamida
159


shifrlashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mohiyati bo‘yicha 
bir tomonlamadir, ya’ni teskari o‘zgartirish-qabul qiluvchi tarafda 
rasshifrovka qilish bilan birga olib borilmaydi. Ikkala taraf (jo‘na- 
tuvchi va qabul qiluvchi) bir tomonlama shifrlash muolajasidan 
foydalanadi.
Shifrlanayotgan ma’lumot Mga qo‘llanilgan 
К
parametr-kalitli 
bir tomonlama xesh-funksiya 
hk(.)
natijada baytlaming belgilangan 
katta bo‘lmagani sonidan iborat xesh-qiymat (daydjest) 
"m"
ni 
beradi (6.4-rasm).
Daydjest "m" qabul qiluvchiga dastlabki xabar 
M
bilan birga 
uzatiladi. Xabami qabul qiluvchi, daydjest olinishida qanday bir 
tomonlama xesh-funksiya ishlatilganligini bilgan holda, rasshifrov­
ka qilingan xabar 
M
dan foydalanib, daydjestni qaytadan hisoblaydi. 
Agar olingan daydjest bilan hisoblangan daydjest mos kelsa, xabar 
M
ning tarkibi hech qanday o‘zgarishga duchor bo‘lmaganini 
bildiradi.
Daydjestni bilish dastlabki xabami tiklashga imkon bermaydi, 
ammo ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishga imkon beradi. Dayd- 
jestga dastlabki xabar uchun o‘ziga xos nazorat yig‘indisi sifatida 
qarash mumkin. Ammo, daydjest va oddiy nazorat yig‘indisi orasida 
jiddiy farq ham mavjud. Nazorat yig‘indisidan aloqaning ishonchsiz 
liniyasi bo‘yicha uzatiladigan xabarlaming yaxlitligini tekshirish 
vositasi sifatida foydalaniladi. Tekshirishning bu vositasi niyati 
buzuq odamlar bilan kurashishga moijallanmagan. Chunki, bu hol­
da nazorat yig‘indisining yangi qiymatini qo‘shib, xabami almash- 
tirib qo‘yishga ularga hech kim xalaqit bermaydi. Qabul qiluvchi 
bunda hech narsani sezmaydi.
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli 
ravishda, maxfiy kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat 
jo ‘natuvchi va qabul qiluvchiga ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir 
tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki xabaming har qanday 
modifikatsiyasi darhol ma’lum bo‘ladi.
160


Jo'natuvchi
Qabul qiluvchi

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin