S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Xatolik inkor
tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiq-
lamaganda paydo bo‘ladi (odatda FRR qiymati, taxminan, 100 dan 
bimi tashkil etadi). 
Xatolik tasdiq
tizim noqonuniy foydalanuvchi 
shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP qiymati, tax­
minan, 10000 dan bimi tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir-biri 
bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma’lum 
xatolik tasdiq koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizim­
da ikkala xatolikning ikkala parametri nolga teng bo'lishi shart. 
Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon 
qilishga to‘g ‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozla­
nadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik tasdiq- 
laming istalgan koeffitsientiga erishiladi.
165


Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi.
Biometrik tizimlaming aksariyati identifikatsiyalash parametri 
sifatida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning dakti­
loskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiya­
lashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlaming keng 
tarqalishiga asosiy sabab, barmoq izlari bo‘yicha katta ma’lumotlar 
ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan 
politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. 
A w al foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoq- 
ning turli holatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga oshi- 
riladi. Tabiiyki, namunalar bir-biridan biroz farqlanadi va qandaydir 
umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. 
Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. 
Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar baza- 
sidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin