S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Ovoz bo ‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Ovoz bo ‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari.
Bu tizimlar arzon­
ligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Ulami ko‘pgina shaxsiy 
kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) 
bilan birga o‘matish mumkin. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash 
tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi 
va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni 
aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi 
texnologiya abonent so‘zini izohlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi 
so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash
168


ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan 
gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida 
kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi 
mumkin. Uning ustiga telefon apparatlaming turli-tumanligi va 
telefon orqali bog‘lanishlaming sifati so‘zlovchi shaxsini aniqlashni 
qiyinlashtiradi. Shu sababli, ovoz bo‘yicha aniqlashni, yuz tuzilishi- 
ni yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa usullar bilan birgalikda 
amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
K o ‘z yo yi to (r pardasining shakli b o ‘yicha autentifi-
katsiyalash tizimi.
Bu tizimlami ikkita sinfga ajratish mumkin:
- ko‘z yoyi rasmidan foydalanish;
- ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya 
uchun
noyob obyekt hisob­
lanadi. Ko‘z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham 
farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning 
yuqori darajasi talab etilganida (masalan, harbiy va mudofaa 
obyektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jara­
yonini soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va 
ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish, xodimlami tarmoqqa 
kirishlarida murakkab parollami eslab qolishdan xalos etadi. Qator 
kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali autentifikatsiya 
SSO (Single Sign-On)ga biometrik imkoniyatlami integratsiyalaydi- 
lar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollami bir martali 
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan al- 
mashtirishga imkon beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiya- 
lashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil 
tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qo- 
tishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta zararga olib 
kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish 
(mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali 
korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu 
muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan bar­
moq izlari datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos 
dasturiy ta’minot yordamida axborotdan foydalanishning mobil 
kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta sathi - ro‘yxatga olish, ekranni
169


saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllami deshifratsiyalash 
uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalit- 
dan foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga 
ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat haqiqiy xususiy 
kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi 
o‘zining maxfiy kalitini ishlatib, xususiy tarmoqlar yoki Internet 
orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin