S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Mantiqiy bomba -
ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi hara- 
katlami bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy 
bomba, masalan, ma’lum sana kelganida, ma’lumotlar bazasida 
yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q bo‘lganida va h. ishga tushishi 
mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan dasturlarga va oddiy 
dasturlarga joylashtirilishi mumkin.
Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari.
Kompyuterlar va korporativ tarmoqlami himoyalovchi samarador 
tizimni yaratish uchun qaerdan xavf tug‘ilishini aniq tasaw ur etish 
lozim. Viruslar tarqalishning juda xilma-xil kanallarini topadi. 
Buning ustiga eski usullarga yangisi qo‘shiladi.
Tarqatishning klassik (mumtoz) usullari.
Fayl viruslari dastur 
fayllari bilan birgalikda disketlar va dasturlar almashishda, tarmoq 
kataloglaridan, Web- yoki FTP - serverlardan dasturlar yuklanishida 
tarqatiladi. Yuklama viruslar kompyuterga foydalanuvchi zaharlan- 
gan disketani diskovodda qoldirib, so‘ngra operatsion tizimni qayta 
yuklashida tushib qoladi. Yuklama vims kompyuterga viruslaming 
boshqa xili orqali kiritilishi mumkin. Makrokomanda viruslari 
MicroSoftWord, Excel, Access fayllari kabi oils hujjatlarining 
zaharlangan fayllari almashinishida tarqaladi.
177


Agar zaharlangan kompyuter lokal tarmoqqa ulangan bo‘Isa, 
virus osongina fayl-server disklariga tushib qolishi, u yerdan kata- 
loglar orqali tarmoqning barcha kompyuterlariga o‘tishi mumkin. 
Shu tariqa virus epidemiyasi boshlanadi. Virus tarmoqda shu virus 
tushib qolgan kompyuter foydalanuvchisi huquqlari kabi huquqqa 
ega ekanligini tizim ma’muri unutmasligi lozim. Shuning uchun u 
foydalanuvchi foydalanadigan barcha kataloglarga tushib qolishi 
mumkin. Agar virus tarmoq ma’muri ishchi stansiyasiga tushib 
qolsa, oqibati juda og‘ir bo‘lishi mumkin.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin