S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Kompyuterlarning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BlOSga)



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Kompyuterlarning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BlOSga)
virusga qarshi vositalarni о ‘rnatish.
Kompyuterlarning tizimli pla- 
tasiga viruslardan himoyalashning oddiy vositalari o‘matiladi. Bu 
vositalar qattiq disklaming bosh yuklama yozuviga hamda disklar 
va disketlaming yuklama sektorlariga barcha murojaatlami nazorat- 
lashga imkon beradi. Agar qandaydir dastur yuklama sektorlar tarki­
bini o‘zgartirishga urinsa, himoya ishga tushadi va foydalanuvchi 
ogohlantiriladi. Ammo bu himoya juda ham ishonchli emas.
Virusga qarshi dastur xillari.
Virusga qarshi dasturlarning 
quyidagi xillari farqlanadi:
- dastur-faglar (virusga qarshi skanerlar);
- dastur-taftishchilar (CRC-skanerlar);
- dastur-blokirovka qiluvchilar;
- dastur-immunizatorlar.
Dastur-faglar eng ommaviy va samarali virusga qarshi dastur 
hisoblanadi. Samaradorligi va ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rin- 
da dastur-taftishchilar turadi. Odatda, bu ikkala dastur xillari bitta 
virusga qarshi dasturga birlashtiriladi, natijada uning quwati ancha-
181


gina oshadi. Turli xil blokirovka qiluvchilar va imrnunizatorlar ham 
ishlatiladi.
Dastur-faglar
(skanerlar) viruslami aniqlashda etalon bilan 
taqqoslash usulidan, evristik tahlillashdan va boshqalardan foydala- 
nadi. Dastur-faglar operativ xotira va fayllami skanerlash yo‘li bilan 
muayyan vimsga xarakterli bo‘lgan niqobni qidiradi. Dastur-faglar 
nafaqat vimslar bilan zaharlangan fayllami topadi, balki ulami da- 
volaydi ham, ya’ni fayldan dastur-vims badanini olib tashlab, faylni 
dastlabki holatiga qaytaradi. Dastur-faglar avval operativ xotirani 
skanerlaydi, vimslami aniqlaydi va ulami yo‘qotadi, so‘ngra fayl­
lami davolashga kirishadi. Fayllar ichida vimslami katta sonini qidi­
rishga va yo‘q qilishga atalgan dastur-faglar, ya’ni polifaglar ham 
mavjud.
Dastur-faglar ikkita kategoriyaga bo‘linadi: universal va ixti- 
soslashtirilgan skanerlar. Universal skanerlar, skaner ishlashi mo‘l- 
jallangan operatsion tizim xiliga bog‘liq bo‘lmagan holda, viruslar- 
ning barcha xillarini qidirishga va zararsizlantirishga mo‘ljallangan. 
Ixtisoslashtirilgan skanerlar vimslaming chegaralangan sonini yoki 
ulaming bir sinfini, masalan, makroviruslami zararsizlantirishga 
atalgan. Faqat makroviruslarga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan ska­
nerlar MSWORD va Excel muhitlarida hujjat almashinish tizimini 
himoyalashda eng qulay va ishonchli ychim hisoblanadi.
Dastur-faglar skanerlashni "bir zumda" bajamvchi monitoring- 
lashning rezident vositalariga va faqat so‘rov bo‘yicha tizimni tek- 
shirishni ta’minlovchi rezident bo‘lmagan skanerlarga ham bo‘- 
linadi. Monitoringlashning rezident vositalari 'tizimni ishonchliroq 
himoyalashni ta’minlaydi, chunki ular vimslar paydo bo‘lishiga 
darrov reaksiya ko‘rsatadi, rezident bo‘lmagan skaner esa vimsni 
aniqlash qobiliyatiga faqat navbatdagi ishga tushirilishida ega 
bo‘ladi.
Dastur-faglaming afzalligi sifatida ulaming universalligini 
ko‘rsatish mumkin. Dastur-faglaming kamchiligi sifatida vimslami 
qidirish tezligining nisbatan katta emasligini va vimsga qarshi baza- 
laming nisbatan katta o‘lchamlarini ko‘rsatish mumkin. Undan tash­
qari, yangi vimslaming doim paydo bo‘lishi sababli, dastur-faglar 
tezda eskiradi va ular versiyalarining muntazam yangilanishi talab 
etiladi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin