S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Uzatiluvchi va qabul qilinuvchi m a ’lumotlaming haqiqiyligini



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Uzatiluvchi va qabul qilinuvchi m a ’lumotlaming haqiqiyligini
tekshirish
nafaqat elektron xabarlami, balki soxtalashtirilishi mum­
kin bo‘lgan migratsiyalanuvchi dasturlarni (Java, ActiveXControls) 
autentifkatsiyalash uchun dolzarb hisoblanadi. Xabar va dasturlar- 
ning haqiqiyligini tekshirish ulaming raqamli imzosini tekshirishdan 
iboratdir.
Ichki tarmoq resurslaridan foydalanishni chegaralash
usullari 
operatsion tizim sathida madadlanuvchi chegaralash usullaridan farq 
qilmaydi.
Tashqi tarmoq resurslaridan foydalanishni chegarlashda
ko‘- 
pincha quyidagi yondashishlardan biri ishlatiladi:
- faqat tashqi tarmoqdagi berilgan adres bo‘yicha foydala- 
nishga ruxsat berish;
196


- yangilanuvchi nojoiz adreslar ro‘yxati bo‘yicha so‘rovlami 
filtrlash va o‘rinsiz kalit so‘zlari bo‘yicha axborot resurslarini qi- 
dirishni blokirovka qilish:
- ma’mur tomonidan tashqi tarmoqning qonuniy resurslarini 
brandmaueming diskli xotirasida to‘plash va yangilash hamda tash­
qi tarmoqdan foydalanishni to‘la taqiqlash.
Tashqi tarmoqdan so‘raluvchi 
m a ’lumotlami keshlash
maxsus 
vositachilar yordamida madadlanadi. Ichki tarmoq foydalanuvchilari 
tashqi tarmoq resurslaridan foydalanganlarida barcha axborot, 
proxy-server deb ataluvchi brandmauer qattiq diski makonida to‘p- 
lanadi. Shu sababli, agar navbatdagi so‘rovda kerakli axborot proxy- 
serverda bo‘Isa, vositachi uni tashqi tarmoqqa murojaatsiz taqdim 
etadi. Bu foydalanishni jiddiy tezlashtiradi. Ma’murga faqat proxy- 
server tarkibini vaqti-vaqti bilan yangilab turish vazifasi qoladi.
Keshlash funksiyasi tashqi tarmoq resurslaridan foydalanishni 
chegaralashda muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. Bu holda tashqi 
tarmoqning barcha qonuniy resurslari ma’mur tomonidan proxy-ser- 
verda to‘planadi va yangilanadi. Ichki tarmoq foydalanuvchilariga 
faqat proxy-serveming axborot resurslaridan foydalanishga ruxsat 
beriladi, tashqi tarmoq resurslaridan bevosita foydalanish esa man 
qilinadi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin