S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Hodisalarni qaydlash, hodisalarga reaksiya ko'rsatish hamda



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Hodisalarni qaydlash, hodisalarga reaksiya ko'rsatish hamda
qaydlangan axborotni tahlillash va hisobotlarni generatsiyalash
tarmoqlararo ekranlarning muhim vazifalari hisoblanadi. Korporativ 
tarmoqni himoyalash tizimining jiddiy elementi sifatida tarmoqlar­
aro ekran barcha harakatlami ro‘yxatga olish imkoniyatiga ega. 
Bunday harakatlarga nafaqat tarmoq paketlarini o‘tkazib yuborish 
yoki blokirovka qilish, balki xavfsizlik ma’muri tomonidan foydala­
nish qoidasini o‘zgartirish va h. ham taalluqli. Bunday ro‘yxatga 
olish zaruriyat tug‘ilganda (xavfsizlik mojarosi paydo bo‘lganida, 
sud instansiyalariga yoki ichki tergov uchun dalillami yig‘ishda) 
yaratiluvchi jumallarga murojaat etishga imkon beradi.
Shubhali hodisalar (alarm) xususidagi signallami qaydlash 
tizimi to‘g‘ri sozlanganida, tarmoqlararo ekran tarmoq hujumga 
duchor bo‘lganligi yoki zondlanganligi to‘g‘risidagi batafsil axbo­
rotni berishi mumkin. Tarmoqdan foydalanish va uning zondlangan- 
ligining isboti statistikasini yig‘ish qator sabablarga ko‘ra muhimdir. 
Awalo, tarmoqlararo ekranning zondlanishga va hujumlarga bar- 
doshliligini aniq bilish va tarmoqlararo ekranni himoyalash tadbir- 
larining adekvatligini aniqlash lozim. Undan tashqari, tarmoqdan 
foydalanish statistikasi tarmoq asbob-uskunalari dasturlariga talab- 
lami ifodalash maqsadida xavf-xatami tadqiqlash va tahlillashda 
dastlabki ma’lumotlar sifatida muhim hisoblanadi.
Ko‘pgina tarmoqlararo ekranlar statistikani qaydlovchi, yi- 
g‘uvchi va tahlillovchi quwatli tizimga ega. Mijoz va server adresi, 
foydalanuvchilar identifikatori, seans vaqtlari, ulanish vaqtlari, uza- 
tilgan va qabul qilingan ma’lumotlar soni, ma’mur va foydalanuv­
chilar harakatlari bo‘yicha hisob olib borilishi mumkin. Hisob tizim- 
lari statistikani tahlillashga imkon beradi va ma’murlarga batafsil 
hisobotlarni taqdim etadi. Tarmoqlararo ekranlar maxsus protokol- 
lardan foydalanib, ma’lum hodisalar to‘g‘risida real vaqt rejimida 
masofadan xabar berishni bajarishi mumkin.
Ruxsatsiz harakatlami qilishga urinishlami aniqlanishiga bo‘la- 
digan majburiy reaksiya sifatida ma’muming xabari, ya’ni ogohlan- 
timvchi signallami berish belgilanishi lozim. Hujum qilinganligi 
aniqlanganda ogohlantimvchi signallami yuborishga qodir bo‘lma-
201


gan tarmoqlararo ekranni tarmoqlararo himoyaning samarali vositasi 
deb bo‘lmaydi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin