S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


IX BOB. OPERATSION TIZIM HIMOYASI



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

IX BOB. OPERATSION TIZIM HIMOYASI
9.1. Operatsion tizim xavfsizligini ta’minlash muammolari
Himoyalangan operatsion tizim tushunchasL
Axborotni hi- 
moyalashning aksariyat dasturiy vositalari tatbiqiy dasturlardir. 
Ulami bajarish uchun operatsion tizim (ОТ) tomonidan madadlash 
talab etiladi. Operatsion tizim ishlaydigan muhit 
ishonchli hisoblash
bazasi
deb yuritiladi. Ishonchli hisoblash bazasi operatsion tizim- 
ning, dasturlarning, tarmoq resurslarining, fizik himoyalash vosita- 
larining, hatto tashikiliy muolajalaming axborot himoyasini ta’min- 
lovchi elementlaming to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bulaming 
ichida eng asosiysi himoyalangan operatsion tizim hisoblanadi.
Agar u operatsion tizim tahdidlaming asosiy sinfidan himoya- 
lanish vositalariga ega bo‘lsa, 
himoyalangan
hisoblanadi. Himoya­
langan operatsion tizim tarkibida foydalanuvchilaming ОТ resurs­
laridan foydalanishlarini cheklovchi vositalar hamda operatsion ti­
zim bilan ishlashni boshlagan foydalanuvchilaming haqiqiyligini 
tekshirish vositalari bo‘lishi shart. Undan tashqari, himoyalangan 
ОТ operatsion tizimni tasodifan yoki atayin ishdan chiqarishga 
qarshi ta’sir vositalariga ega bo‘lishi shart.
Agar operatsion tizim barcha tahdidlardan emas, balki bir qan- 
cha tahdidlardangina himoyalanishni ko‘zda tutsa, bunday ОТ 
qis-
man himoyalangan
deb yuritiladi.
Himoyalangan operatsion tizimni yaratishdagi yondashish-
lar.
Himoyalangan operatsion tizimni yaratishda ikkita asosiy yon- 
dashish mavjud - fragmentli va kompleks. 
Fragmentli yondashishda
avvalo bitta tahdiddan so‘ngra boshqa tahdiddan va h. himoyalanish 
tashkil etiladi.
Fragmentli yondashish qo‘llanilganda, ОТ himoyasi qismtizi- 
mi, odatda, turli ishlab chiqamvchilar taqdim etgan boshqa-boshqa 
dasturlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Ushbu dasturiy vositalar bir-bi- 
riga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlaydi, ya’ni ulaming o‘zaro uzviy
226


bog‘lanishini tashkil etishi mumkin emas. Undan tashqari bunday 
qismtizimning ba’zi elementlari noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Natijada 
tizim ishonchliligi keskin pasayadi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin