S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

signal manbalarini
ko‘rsatish mumkin:
• elektromagnit va akustik to‘lqinlarini qaytaruvchi kuzatuv 
obyekti;
• o‘zidan optik va radio diapazonlaridagi elektromagnit 
to‘lqinlarini tarqatuvchi kuzatuv obyekti;
• funksional aloqa kanalining uzatuvchi qurilmasi;
• yashirincha o‘matilgan qurilma;
xavfli signal manbai;
• axborot bilan modulyatsiyalangan akustik to‘lqinlar manbai.
Kanal kirish yo‘liga manbadan axborot signali manba tilida
(harf, raqam, matn, simvollar, belgilar, tovush signallari va h. ko‘- 
rinishida) qabul qilinganligi sababli, uzatuvchi qurilma axborotning 
ushbu ifodalanish shaklini tarqalish muhitiga mos axborot eltuv- 
chisiga yozishni ta’minlovchi shaklga o‘zgartiradi.
239


Uzatish muhiti
- eltuvchi ko‘chib yuruvchi fazoning qismi. U 
eltuvchining ко‘chib yurishi shartlarini belgilovchi fizik parametrlar 
nabori orqali xarakterlanadi. Tarqalish muhitini tavsiflashda quyida- 
gi asosiy parametrlami hisobga olish zarur:
• subyektlar va moddiy jismlar uchun fizik to‘siqlar;
• masofa birligidagi signalning susayish o‘lchovi;
• chastota xarakteristikalari;
• signal uchun xalallar ko‘rinishi va quvvati.
Qabul qiluvchi qurilma
quyidagi vazifalami bajaradi:
• qabul qiluvchiga kerakli axborot eltuvchisini tanlash;
• qabul qilingan signalni axborotni olishni ta’minlovchi qiy- 
matigacha kuchaytirish;
• eltuvchidan axborotni olish;
• axborotni qabul qiluvchiga (insonga, texnik qurilmaga) tu- 
shunarli signal shakliga o‘zgartirish va signalni xatosiz o‘zlashtirili- 
shiga yetarli qiymatgacha kuchaytirish.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming turkumlanishi
10.3-rasmda keltirilgan.
Axborot eltuvchining fizik tabiati bo'yicha
quyidagi axborot 
sirqib chiqadigan texnik kanallar farqlanadi:
• radioelektron;
• akustik;
• optik;
• moddiy.
Axborot sirqib chiqadigan radioelektron kanalda eltuvchi sifa- 
tida radiodiapazondagi elektrik, magnit va elektromagnit maydonlar 
hamda metall o‘tkazuvchilar bo‘yicha tarqaluvchi elektr toki (elekt- 
ronlar oqimi) ishlatiladi. Radioelektron kanalning chastotalar diapa- 
zoni quyidagicha:
• past chastotali 10-1 km (30-300 KGs);
• o‘rta chastotali 1 km-100 m (300 KGs-3MGs);
• yuqori chastotali 100-10 m (3-30 MGs);
• ultra yuqori chastotali 10-lm (30-300 MGs);
• o‘ta yuqori chastotali 10-lsm (3-30 GGs).
240


10.3-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming 
turkumlanishi.
Akustik kanalda axborot eltuvchisi sifatida muhitda tarqaluv- 
chi akustik to‘lqinlar ishlatiladi. Akustik kanalning chastotalar dia- 
pazoni quyidagicha:
• infratovush 1500-75 m(l-20Gs);
• pastki tovush 150-5m (l-300Gs);
• tovush 5-0,2m (300-16000Gs);
• ultratovush -16000 Gsdan 4 MGs gacha.
Optik kanaldagi axborot eltuvchisi - elektromagnit maydon 
(fotonlar). Optik diapazon quyidagilarga bo‘linadi:
• uzoq infraqizil qism. Diapazon lOO-lOmkm (3-300TGs);
• o‘rta va yaqin infraqizil qism. Diapazon 10-0,76 mkm (30- 
400 TGs);
• ko‘rinadigan diapazon (ko‘k-yashil-qizil). Diapazon 0,76-0,4 
mkm (400-750 TGs).
Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi himoyalanuvchi 
axborotli eltuvchilaming nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsat-
241


siz tarqalishi hisobiga ro‘y beradi. Eltuvchi sifatida kso‘pincha huj- 
jatlar qo‘l yozmasi va ishlatilgan nusxalash qog‘ozlari ishlatiladi.
Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar in­
formativ, informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Ka­
nal informativligi kanal bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali 
baholanadi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin