-
xavf-xatarni baholash siyosati
- tijorat hamkorligi bilan
assotsiyatsiyalangan tashkilot axborot infratuzilmasida xavf-xatarni
identifikatsiyalash, baholash va kamaytirish uchun talablami
aniqlaydi va mas’ul shaxslami tayinlaydi;
-
marshrutizator xavfsizligi siyosati -
tashkilot ichki tarmog‘i
yoki faoliyat (mahsulotni tayyorlash) uchun ishlatiladigan marshru-
tizatorlar va kommutatorlar uchun xavfsizlikning minimal konfi-
guratsiyasi standartlarini aniqlaydi;
-
server xavfsizligi siyosati -
tashkilot ichki tarmog‘i yoki mah-
sulot sifatida ishlatiladigan serverlar uchun xavfsizlikning minimal
konfiguratsiyasi standartlarini aniqlaydi;
-
VPN xavfsizligi siyosati -
tashkilot tarmog‘i bilan IPSec yoki
L2TPVPN ulanishlardan masofadan foydalanish uchun talablami
aniqlaydi;
-
simsiz ulanishlar siyosati
- tashkilot tarmog‘i bilan ulanish
uchun ishlatiladigan simsiz tizim uchun standartlami aniqlaydi.
Ta’kidlash lozimki, tashkilot qurilishining va faoliyat yuriti-
shining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda tashkilotning
xavfsizlik siyosati nabori shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: