S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

5.4. Xeshlash funksiyasi
Xeshlash funksiyasi (xesh-funksiyasi)
shunday o‘zgartirishki, 
kirish yo‘liga uzunligi o‘zgaruvchan xabar 
M
berilganida chiqish 
yo‘lida belgilangan uzunlikdagi qator 
h(M)
hosil bo‘ladi. Boshqacha 
aytganda, xesh-funksiya 
h(.)
argument sifatida uzunligi ixtiyoriy 
xabar (hujjat) 
M
ni qabul qiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh- 
qiymat (xesh) 
H=h(M)
ni qaytaradi (5.16-rasm).
XabarM 
XeshH
5.16-rasm. Xeshni shakllantirish sxemasi.
Xesh-qiymat h(M) - xabar M ning daydjesti,
ya’ni ixtiyoriy 
uzunlikdagi asosiy xabar Mning zichlantirilgan ikkilik ifodasi. 
Xeshlash funksiyasi o‘lchami megabayt va undan katta bo'lgan 
imzo chekiluvchi hujjat Mni 128 va undan katta bitga (xususan, 128 
yoki 256 bit) zichlashga imkon beradi. Ta’kidlash lozimki, xesh- 
funksiya 
h(M)
qiymatining hujjat Mga bog‘liqligi murakkab va 
hujjat 
M
ning o‘zini tiklashga imkon bermaydi.
106


Xeshlash funksiyasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lo-
zim:
1. Xesh-funksiya ixtiyoriy o‘lchamli argumentga qo‘llanishi 
mumkin.
2. Xesh-funksiya chiqish yo‘lining qiymati belgilangan o‘l- 
chamga ega.
3. Xesh-funksiya 
h(x)
ni ixtiyoriy 
"x
"uchun yetarlicha oson hi­
soblanadi. Xesh-funksiyani hisoblash tezligi shunday bo‘lishi kerak- 
ki, xesh-funksiya ishlatilganida elektron raqamli imzoni tuzish va 
tekshirish tezligi xabaming o‘zidan foydalanilganiga qaraganda 
anchagina katta bo‘lsin.
4. Xesh-funksiya matn 
M
dagi orasiga qo‘yishlar (vstavki), 
chiqarib tashlashlar joyini o‘zgartirishlar va h. kabi o‘zgarishlarga 
sezgir bo‘lishi lozim.
5. Xesh-funksiya qaytarilmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi lo­
zim.
6. Ikkita turli hujjatlar (ularning uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda) xesh-funksiyalari qiymatlarining mos kelishi ehtimolligi juda 
kichkina bo‘lishi shart, ya’ni hisoblash nuqtayi nazaridan 
h(x)=h(x)
bo‘ladigan *’**ni topish mumkin emas.
Ikkita turli xabaming bitta tugunchaga (svertka) zichlash 
nazariy jihatdan mumkin. Bu kolliziya yoki to‘qnashish deb ataladi. 
Shuning uchun xeshlash funksiyasining bardoshliligini ta’minlash 
maqsadida to‘qnashishlarga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutish lozim. 
To‘qnashishlarga butunlay yo‘l qo‘ymaslik mumkin e'mas, chunki 
umumiy holda mumkin bo‘lgan xabarlar soni xeshlash funksiyalari 
chiqish yo‘llari qiymatlarining mumkin bo‘lgan sonidan ortiq. 
Ammo, to‘qnashishlar ehtimolligi past bo‘lishi lozim.
5-xususiyat 
h(.)
bir tomonlama ekanligini bildirsa, 6-xususiyat 
bitta bir xil tugunchani beruvchi ikkita axborotni topish mumkin 
emasligini kafolatlaydi. Bu soxtalashtirishni oldini oladi.
Shunday qilib, xeshlash funksiyasidan xabar o‘zgarishini pay- 
qashda foydalanish mumkin, ya’ni u 

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin