S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

takrorlash -
abonent 
A
abonent 
V
ga yuborgan hujjatni 
abonent 
S
takrorlaydi.
Jinoyatkorona harakatlaming bu turlari o‘z faoliyatida 
kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat 
stmkturalariga, davlat korxona va tashkilotlariga, xususiy shaxslarga 
anchagina zarar yetkazishi mumkin.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va 
xabar muallifming haqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal 
etishga imkon beradi.
Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali 
uzatiluvchi matnlami autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli 
imzo ishlashi bo‘yicha oddiy qo‘lyozma imzoga o‘xshash bo‘lib, 
quyidagi afzalliklarga ega:
- imzo chekilgan matn imzo qo‘ygan shaxsga tegishli ekan- 
ligini tasdiqlaydi;
- bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog‘liq majburiyatlaridan 
tonish imkoniyatini bermaydi;
- imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron raqamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga 
uzatiluvchi qo‘shimcha raqamli xabaming nisbatan katta bo‘lmagan 
sonidir.
Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlaming qaytaruvchan- 
ligiga hamda xabar tarkibi, imzoning o‘zi va kalitlar juftining o‘zaro 
bog‘liqligiga asoslanadi. Bu elementlaming hatto birining o‘zga- 
rishi, raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga imkon bermaydi.
115


Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va 
xesh-funksiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo tizimining qo‘llanishida bir-biriga imzo 
chekilgan elektron hujjatlami jo ‘natuvchi abonent tarmog‘ining 
mavjudligi faraz qilinadi. Har bir abonent uchun juft - maxfiy va 
ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi 
va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda 
foydalanadi.
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lib, 
undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron 
raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga 
oshiradi:
- raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;
- raqamli imzoni tekshirish muolajasi.
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo ‘natuvchisining 
maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo ‘natuv- 
chining ochiq kalitidan foydalaniladi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin