S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


M oddiy steganografik usullar



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

M oddiy steganografik usullar
steganografik konteyneming 
(maxfiy axborot o‘matiladigan obyektning) fizikaviy yoki kimyoviy
124


xususiyatlari asosida axborotni bekitish uchun ishlatiladi. Bunday 
xususiyatlarga misol tariqasida gabarit o‘lchamlarini, konteyner ran- 
gini yoki ma’lum ta’sir natijasida o‘matilgan axborotning namoyon 
bo'lish qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Bunday steganografik usullaming tadqiqi va yaratilishi axbo­
rotning turli moddiy eltuvchilari xususiyatlarini va axborotni o'ma- 
tishning norasmiy usullarini o‘rganish bilan bog‘liq.
Moddiy steganografik usullarga ko'rinmaydigan siyohlar, mik- 
ronuqtalar va h. taalluqli. Hozirda audiotexnika, videotexnika va hi­
soblash texnikasi axborotni eltuvchi standart vositalar hisoblanadi.
Axborot steganografik usullar
ma’lumotlami konteyneming 
axborot bilan to‘ldirilishi xususiyati asosida bekitish uchun 
ishlatiladi. Ushbu usullar lingvistik va raqamlilarga ajratiladi.
Lingvistik steganografik
usullarda til yoki harflami, raqamlami 
o‘z ichiga olmaydigan (rasmlar, obyektlaming o‘zaro joylashishi va 
h.) boshqa muhit ortiqchaligi ishlatiladi. Ushbu sinfga maxfiy 
xabami bekitish uchun zamr matnni generatsiyalash usulini hamda 
sahifadagi qator holatini yoki gapdagi so‘z holatini o‘zgarishiga va 
h. asoslanuvchi usullami kiritish mumkin.
Raqamli steganografik
usullar bir tomondan absolyut aniqlikka 
muhtoj bo‘lmagan fayllaming vazifasini yo‘qotmagan holda shak- 
lini bir muncha o‘zgartirish mumkinligiga, ikkinchi tomondan bun­
day fayllardagi bir muncha o‘zgarishlami farqlovchi maxsus asbob- 
lami yo‘qligiga yoki inson sezgi organlarining qobiliyatsizligiga 
asoslangan.
Raqamli steganografik usullar quyidagi turlami o‘z ichiga 
oladi:
1. Konteynemi tanlash usuli bo‘yicha.
2. Axborotdan foydalanish usuli bo‘yicha.
3. Konteynemi tashkil etish usuli bo‘yicha.
4. Xabami qayta tiklash usuli bo‘yicha.
5. Konteynemi ishlash usuli bo'yicha.
6. Vazifasi bo'yicha.
7. Konteyner turiga ko‘ra.
8. Konteynerga axborotni o'matish usuli bo'yicha.
Raqamli steganografik usullarga misol tariqasida LSB-usulni 
(Least Significant Bits - eng kichik qiymatli bit) ko'rsatish mumkin.
125


Ushbu usulga binoan fayl-konteynerdagi ma’lumotlar baytining bir 
necha kichik bitlari bekitiluvchi xabar bitlari bilan almashtiriladi. 
Ushbu usul amalga oshirilishining soddaligi, demak, ushbu usulga 
asoslangan dasturiy mahsulotning tezkorligi hamda yaratilgan 
steganokanalning yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan bog‘liq qator 
afzalliklarga ega. Ammo ushbu usuldan yuqori steganobardoshlik 
talab qilinmaydigan masalalami yechishda foydalanish mumkin. 
Chunki LSB - usul niyati buzuqning aktiv hujumlariga bardosh bera 
olmaydi.
Xabarni fayl - konteyneming 

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin