S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


B ir tomonlama autentifikatsiyalash



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/249
tarix18.11.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#132991
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

B ir tomonlama autentifikatsiyalash
bir tomonga yo'naltirilgan 
axborot almashinuvini ko‘zda tutadi. Autentifikatsiyaning bu turi 
quyidagilarga imkon yaratadi:
- axborot almashinuvchining faqat bir tarafini haqiqiyligini 
tasdiqlash;
- uzatilayotgan axborot yaxlitligining buzilishini aniqlash;
- "uzatishning takrori" tipidagi hujumni aniqlash;
- uzatilayotgan autentifikatsion ma’lumotlardan faqat tekshi­
ruvchi taraf foydalanishini kafolatlash.
145


Ikki tomonlama autentifikatsilashda
bir tomonliligiga nisba­
tan isbotlovchi tarafga tekshiruvchi tarafning qo‘shimcha javobi 
bo‘ladi. Bu javob tekshiruvchi tomonni aloqaning aynan autenti­
fikatsiya ma’lumotlari mo‘ljallangan taraf bilan o‘matilayotganiga 
ishontirish lozim.
Uch tomonlama autentifikatsiyalash
tarkibida isbotlovchi 
tarafdan tekshiruvchi tarafga qo‘shimcha ma’lumotlar uzatish mav­
jud. Bunday yondashish autentifikatsiya o‘tkazishda vaqt belgi- 
laridan foydalanishdan voz kechishga imkon beradi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu turkumlash shartlidir. Amalda ishla- 
tiluvchi usul va vositalar nabori autentifikatsiya jarayonini amalga 
oshirishdagi muayyan shart-sharoitlarga bog‘liq. Qat’iy autentifikat­
siyaning o‘tkazilishi ishlatiladigan kriptografik algoritmlar va qator 
qo‘shimcha parametrlami taraflar tomonidan so‘zsiz muvofiqlash- 
tirishni talab etadi.
Qat’iy autentifikatsiyalashning muayyan variantlarini ko‘rish- 
dan oldin bir martali parametrlaming vazifalari va imkoniyatlariga 
to‘xtash lozim. Bir martali parametrlar ba’zida "nonces" - bir 
maqsadga bir martadan ortiq ishlatilmaydigan kattalik deb ataladi.
Hozirda ishlatiladigan bir martali parametrlardan tasodifiy 
sonlar, vaqt belgilari va ketma-ketliklarning nomerlarini ko‘rsatish 
mumkin.
Bir martali parametrlar uzatishning takrorlanishini, autentifi- 
katsion almashinuv taraflarini almashtirib qo‘yishni va ochiq matnni 
tanlash bilan hujumlashni oldini olishga imkon beradi. Bir martali 
parametrlar yordamida uzatiladigan xabarlaming noyobligini, bir 
ma’noliligini va vaqtiy kafolatlarini ta’minlash mumkin. Bir martali 
parametrlaming turli xillari alohida ishlatilishi yoki bir-birini 
to‘ldirishi mumkin.
Bir martali parametrlaming quyidagi ishlatilish misollarini 
ko‘rsatish mumkin:

"so‘rov-javob" prinsipida qurilgan protokollarda o‘z vaqtida- 
ligini tekshirish. Bunday tekshirishda tasodifiy sonlar, soatlami 
sinxronlash bilan vaqt belgilari yoki muayyan juft (tekshiruvchi, 
isbotlovchi) uchun ketma-ketliklarning nomerlaridan foydalanish 
mumkin;
146


- o‘z vaqtidaligini yoki noyoblik kafolatini ta’minlash. Pro- 
tokolning bir martali parametrlarini bevosita (tasodifiy sonni tanlash 
yo‘li bilan) yoki bilvosita (bo‘linuvchi sirdagi axborotni tahlillash 
yordamida) nazoratlash orqali amalga oshiriladi;
- xabarni yoki xabarlar ketma-ketligini bir ma’noli iden­
tifikatsiyalash. Bir ohangda o'suvchi ketma-ketlikning bir martali 
qiymatini (masalan, seriya nomerlari yoki vaqt belgilari ketma- 
ketligi) yoki mos uzunlikdagi tasodifiy sonlami tuzish orqali amalga 
oshiriladi.
Ta’kidlash lozimki, bir martali parametrlar kriptografik proto- 
kollaming boshqa variantlarida ham (masalan, kalit axborotini taq- 
simlash protokollarida) keng qo‘llaniladi.
Qat’iy autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaniladigan krip­
tografik algoritmlariga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin:
- shifrlashning simmetrik algoritmlari asosidagi qat’iy auten- 
tifikatsiyalash protokollari;
- bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalar asosidagi qat’iy auten­
tifikatsiyalash protokollari;
- shifrlashning asimmetrik algoritmlari asosidagi qat’iy autenti­
fikatsiyalash algoritmlari;
- elektron raqamli imzo asosidagi qat’iy autentifikatsiyalash 
algoritmlari.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin