O‟rta Osiyoning eftaliylar davri san‟atining o‟ziga xos xususiyati unda antik davrning yakuniy bosqichi hamda ilk o‟rta asrlarga xos ko‟rinishlarning mavjudligidir. Tohariston va So‟g‟dda shivaizm hamda mahalliy xalq e‟tiqodlarini uyg‟unlashtiruvchi san‟atning o‟ziga hos “eftaliycha” maktabi shakllandi. Bu davr moddiy madaniyati yodgorliklari sirasiga Toharistondan topilgan eftaliylarning o‟yma gemma-muhrlarini kiritish mumkin. Ular almandin toshlardan yasalib yuza qismi bo‟rtirib, orqa qismi esa tekislab ishlangan. Unda erkak kishining yon tomondan tasviri aks ettirilgan. Uning chap tomonida esa