S xolmuratov korxonada kadrlar


Kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun tashkilotda personalni



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

Kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun tashkilotda personalni 
baholash tizimining SWOT-tahlili 
 
Kuchli tomonlar 
 
Zaif tomonlar 
1. Xodimlarni obyektiv tarzda 
baholash va sifatli attestatsiya
o‘tkazish qoida va talablari
mavjudligi. 
2. Baholash uslublarining xo-
dimlar tomonidan aniq tushu-
nilishi. 
3. Attestatsiyani o‘tkazish ku-
ni haqida bir oy oldin yozma 
ravishda xodimlar e’tiboriga 
yetkazish tartibi 
1.
2. Attestatsiya 
o‘tkazishning 
maqsadlarini xodimlar umumiy 
tushunishi 
yoki 
tushunchasi
yetishmasligi. 
3. Barcha toifadagi xodimlarni 
bir xil baholash yondashuvi. 
4. Ishlab chiqarish yoki xizmat
bo‘linmasining umumiy natijaga 
qo‘shgan hissasini aniq bil-
maslik. 
5. Rahbar xodimlarning quyi 
tizimlar bilan bog‘lanishining 
yo‘qligi. 
Xavflar 
Imkoniyatlar 
1. Personalning har bir toifasi 
uchun aniq baholash mezonlari 
mavjud emasligi. 
2. Attestatsiya jarayoni haqi-
dagi xodimlarning xabari yo‘q-
ligi va xotirasida oldingi attes-
tatsiya adolatsizliklari natijasi 
mavjudligi 
3. Xodimlarni attestatsiya na-
tijalari bilan shaxsan tanish-
tirmaslik 
1.
2. Korxona 
direktori 
yoki 
yuqori tashkilot vakillarining 
ko‘rsatmasi bo‘yicha baholash 
uslublari. 
3. Tarkibiy bo‘linmalar rah-
barlarining personalni baholash 
bilan bog‘liq vaziyatni qalba-
kilashtirish istagi 


39 
Tajribadan misol. Birinchi voqea 
Aholi uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga ixtisos-
lashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati mahsulot assortimentini 
doimo kengaytirgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonaning
rivojlanish imiji, maosh miqdorining oshib borishi sezilarli darajada, 
ammo kadrlar qo‘nimsizligi so‘nggi paytlarda ko‘paydi, quyi va o‘rta 
bo‘g‘in menejerlari xodimlarning katta qismini tashkil etadi. 
Korxona rahbariyatini bu muammo xavotirga solmoqda, chunki 
menejerlarning tez-tez o‘zgarib turishi oddiy personalning ish sifatiga 
salbiy ta’sir eta boshladi.
Top-menejerlar rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash 
muammosi bo‘yicha maxsus yig‘ilishda to‘plandilar.
Muammolar 
bo‘yicha menejerlarga berilgan savollar 
quyidagicha: 
Korxonaning rahbar xodimlarida mavjud asosiy muammolar 
nimalardan iborat?
Sizning fikringizcha, rahbar kadrlar zaxirasi o‘zi nima? 
Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish korxona kadrlar 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadimi? 
Rahbar kadrlar zaxirasini yaratish maqsadlari qanday? Zaxira 
bilan ishlashning eng muhim prinsiplari nimalardan iborat? 
Korxonaning maqsad va strategiyalari, tashqi va ichki muhi-
tidan kelib chiqib, birinchi navbatda qaysi lavozimlarga zaxira 
tayyorlash kerak? 
Zaxira bilan ishlash va uni tashkil etish hamda tezkor ishlashi 
uchun javobgarlikni kimning zimmasiga yuklash kerak? 
Zaxiraning tuzilishi qanday bo‘lishi kerak va uning asosida 
nima bo‘ladi?
Muayyan lavozimlarga zaxirani shakllantirish manbalari qan-
day? 
Zaxira qanday lavozimlar uchun shakllanishi mumkin? 
Rahbarlik lavozimlariga qancha zaxira xodim tayyorlanishi 
kerak?
Zaxiraga nomzodlar bo‘yicha takliflarni kim kiritishi mum-
kin? 


40 
Turli boshqaruv darajalarida yuqori lavozimlarga da’vogar 
bo‘lishi uchun xodimlar qanday fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim? 
Zaxira qanday shakllanishi kerak, uni shakllashtirishning 
asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
Zaxiradagi shaxs qanday huquqlarga ega bo‘lishi kerak? 
Zaxiradagilarning 
rejalashtirilgan 
lavozimini 
egallashga 
tayyorgarlik darajasini qanday aniqlash mumkin? 
Zaxirani tayyorlashning asosiy shakllari qanday? 
Nomzod xodim zaxira tarkibida qancha vaqtgacha bo‘lishi 
mumkin?
Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash kim nazorat qiladi? 
Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash tartibi va izchilligini 
qaysi hujjatlarda belgilash kerak? Ular kerakmi o‘zi? 
Bundan keyin, korxonaning kadrlar bo‘limi rahbar kadrlar 
zaxirasiga bag‘ishlangan kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat bilan 
tanishib, muhokamaga tayyorlandi. Uni quyida keltiramiz. 
“Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish” kadrlar siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Zaxirani shakllantirishning asosiy 
maqsadi boshqaruv ishlari uchun va shu asosda korxonani boshqa-
rishning izchilligi, uzluksizligi, samaradorligini belgilash, Shuning-
dek, uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan xodimlar 
guruhini shakllantirishdan iborat. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z 
professional, ishchanlik va shaxsiy fazilatlari bilan eng yuqori darajali 
bo‘sh rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir, maxsus shakllangan 
va tayyorlangan xodimlar guruhidir. 
Zaxirani tuzish maqsadi quyidagilardan iborat: xodimni yangi 
lavozimga moslashtirish muddatini ixchamlashtirish; korxona 
xodimlari orasida sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish; avlodlar 
o‘rtasida ziddiyatning asta-sekin o‘zgarishi, buning natijasida 
korxonadagi ishlab chiqarish texnologiyalari va madaniyatni 
saqlash imkoni bo‘ladi. Korxonaning strategiyasi ichki kadrlar 
hisobiga rahbar kadrlar zaxirasini tayyorlashga qaratilgan. 
Korxonaning rahbari zaxira bilan ishlash uchun shaxsiy 
javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, zaxira bilan ishlashni tashkil 
etish rahbarning o‘rinbosarlaridan biriga topshiriladi. 


41 
Aniq lavozim yoki ba’zi lavozim guruhlariga zaxirani 
shakllantirish manbalarini korxona rahbari (uning o‘rinbosarlari), 
tarkibiy bo‘linma boshliqlari, Shu jumladan, kadrlar xizmati 
boshlig‘i belgilaydi. Korxonadagi zaxira mutaxassis va rahbarlar 
sonidan, shuningdek boshqa korxonalardagi boshqaruv xodim-
larining quyi, o‘rta va yuqori bo‘g‘in lavozimlari hisobidan
shakllanadi. 
Xodimlarning lavozim o‘sishi istiqbollariga qarab zaxira 
tezkor va strategik mo‘ljallarga bo‘linishi mumkin. Tezkor 
zaxirada rivojlanish salohiyati kamroq bo‘lgan va lavozim o‘sishi
cheklangan xodimlar shakllantiriladi. Strategik mo‘ljalga esa 
istiqbolda rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lgan zaxiradagi 
xodimlar kiradi. 
Zaxira 
tarkibi, 
rejalashtirilgan 
lavozimni 
egallashga 
tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, shartli ravishda uch turga bo‘linishi 
mumkin: tayyor mutaxassis, istiqbolli mutaxassis va maxsus 
lavozimlar uchun mutaxassis. Kadrlar xizmati zaxiradagilarning 
keyingi ta’lim tizimini ishlab chiqadi. 
Korxonada zaxiradagilardan doimiy rivojlanishga qaratilgan 
yuqori darajali manfaatini saqlab qolish uchun muayyan choralar 
ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 
Xodimlar faol zaxira tarkibidan, odatda,chiqarilmaydi, balki
muayyan lavozimga faol zaxira bo‘lish muddati ishchan, 
maqsadga muvofiqligi, unga kiritilgan shaxslarni mansab 
pog‘onalaridan ko‘tarish va ma’lum yoshga erishish istiqbollari 
bilan belgilanadi. 
Zaxiradan qat’iy chiqarish harakatlari uchun asoslar 
quyidagicha:
– 
zaxirada bo‘lgan shaxsni intizomiy, ma’muriy va axloqiy 
javobgarlikka tortish;
– 
attestatsiya komissiyasining xodim egallab turgan lavozimiga 
mos emasligi to‘g‘risidagi xulosasi;
– 
egallab turgan lavozim bo‘yicha ishining qoniqarsiz 
natijalari;
– 
ishdan bo‘shatish, mansabli (xizmat) ishga o‘tish va zaxirada 
qolish imkonini bermaydigan boshqa holatlar. 


42 
Xodimni zaxira tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror 
korxona rahbari yoki uning oliy kollegial organi – ishlab chiqarish 
va texnologik kengash, kengash, pedagogik kengash va h.k. 
(ko‘pchilik ovozi bilan) tomonidan qabul qilinadi.
Zaxira bilan ishlashni nazorat qilish doimiy ravishda amalga 
oshiriladi va korxonaning kollegial organi yig‘ilishida korxona
rahbarining o‘rinbosari, kadrlar xizmati rahbari, tarkibiy bo‘lin-
malar rahbarlari tomonidan tayyorlangan hisobotlarni tinglash 
yoki zaxira bilan ishlash to‘g‘risidagi analitik xatlar shaklida har 
yili jamoaga e’lon qilib boriladi». 
Korxonaning kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatda rahbar 
kadrlar zahirasini shakllantirish to‘g‘risida bo‘limiga asosan 
kadrlar xizmati zaxira bilan ishlash to‘g‘risida alohida nizomni 
tayyorlaydi.
(Hujjatdan parchalar keltiramiz.) 
TASDIQLAYMAN 
Korxona direktori
Imzo_______ 
Sana___________ 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin