S xolmuratov korxonada kadrlar


Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

5. Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish 
 
5.1. Nomzodlarni zaxiraga saralashni tashkil etish quyidagi-
larni o‘z ichiga oladi:
nomzodlarni zaxiraga saralash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish;
kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarga talablarni belgilash; 
nomzodlarni tegishli lavozimga tayinlash natijalarini baholash 
va ularni zaxiraga kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul 
qilish. 
5.2. Zaxira tarkibiga potensial nomzodlar to‘g‘risidagi kerakli 
axborotni kadrlar xizmati xodim haqida yozma manbalarni 
o‘rganish jarayonida: pasport, mehnat daftarchasi, kadrlarni hi-
sobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, diplom, 
attestatsion tavsifnomalar, Shuningdek zaxira tarkibiga nomzod 
bilan, uning rahbarlari, hamkasblari, bo‘ysunuvchilar bilan 
suhbatlashish natijasida oladi.
Zarur hollarda zaxiradagi nomzodlarning kasbiy, ishchan, 
shaxsiy fazilatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun kadrlar 
xizmati turli shakl va usullardan foydalanishi mumkin. Kasbiy, 
ishchan va shaxsiy fazilatlar va ularning belgilangan talablarga 
muvofiqligini baholash uchun quyidagilar qo‘llanishi mumkin:
- baholash usuli «360 daraja»;
- sinash; 
- boshqa baholash usullari. 
6. Zaxirani shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining 
faoliyatini tashkil etish 
 
6.1. Tanlov komissiyasi ish rejasiga ko‘ra yoki kerak 
bo‘lganda yig‘ilishlarni o‘tkazadi. Zaxiraga kiritish uchun tanlov 
komissiyasiga har bir nomzod uchun korxona kadrlar xizmati 
tomonidan quyidagilar taqdim etiladi: 
zaxiradagilar shaxsiy varaqasi; 
nomzodni tavsiflovchi, turli shakl va usullar yordamida 
olingan materiallar;
ishlab chiqarish tavsifnomasi. 


49 
6.2. Tanlov komissiyasi zaxiradagi nomzodga taqdim etilgan 
materiallarni ko‘rib chiqadi, tahlil qiladi va zaxira tarkibiga 
nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. 
6.3. Tanlov 
komissiyasi 
nomzodlarni 
zaxiraga kiritish 
to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga amal qiladi:
egallagan lavozimda ishning ijobiy natijalari; 
ta’lim, malaka, boshqaruv tayyorgarlikning tegishli darajasi; 
nomzodning kasbiy, ishchanlik, shaxsiy fazilatlari, uning 
kelgusi rahbarlik ishiga potensial imkoniyatlar va qobiliyatlari;
nomzod bilan bevosita ishlovchi shaxslarning fikri; 
attestatsiya komissiyasining ijobiy natijalari va tavsiyalari;
muayyan yosh va sog‘liq holati; 
zaxira tarkibiga kirish shaxsiy istagi. 
6.4. Suhbatdan so‘ng tanlov komissiyasi xodimlarning 
ularning hozirgi lavozimda namoyon etayotgan kasbiy, ishchanlik, 
shaxsiy va hokazo fazilatlarini baholaydi va qaror qabul qilishga 
o‘tadi. 
6.5. Zaxira tarkibiga nomzod har tomonlama o‘rganilgach, 
tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 
zaxiraga qabul qilish uchun tavsiya etiladi (iloji boricha 
muayyan rahbarlik lavozimi ko‘rsatilgan holda); 
zaxiraning maxsus guruhiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi; 
zaxiraga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan lavozim talablariga 
javob bermaydi. 
6.6. Tanlov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li 
bilan qabul qilinadi. Agar yig‘ilishda qatnashayotgan komissiya 
a’zolarining kamida yarmi unga ovoz bergan bo‘lsa, qaror qabul 
qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda rais ovoz 
bergan qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. 
6.7. Tanlov komissiyasining qarori rais va tanlov komissiyasi 
a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylash-
tiriladi va nomzodga taqdim etilgan hujjatlar bilan o‘n kunlik 
muddatda korxonaning kadrlar xizmatiga o‘tkaziladi. 
6.8. Tanlov komissiyasi qaroriga binoan, shuningdek, kadrlar 
xizmati xulosasi asosida korxona rahbari nomzodni zaxiraga kiritish 
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Xodimga zaxira tarkibiga kiritilish 


50 
haqida xabar beriladi. Zaxira tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi qaror 
xodimning shaxsiy hujjatlari tarkibiga (delosiga) kiritiladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin