S xolmuratov korxonada kadrlar


 Tashkilotning kadrlar tarkibi tahlili



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

2.2. Tashkilotning kadrlar tarkibi tahlili 
 
Bu bosqichda tashkilot rahbari topshirig‘i bo‘yicha bir qator 
xizmatlar (kadrlar, iqtisodiy, yuridik, moliyaviy va hokazolar) 
kadrlar tarkibi tahlilini o‘tkazadilar. 
Kadrlardan foydalanish samaradorligi quyidagi asosiy 
yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilinadi: 
– 
kadrlar tarkibining soni va sifatini tahlil qilish;
– 
kadrlar harakatini tahlil qilish; 
– 
mehnat sharoitlarini tahlil qilish; 
– 
ish vaqti fondidan foydalanishni tahlil qilish;
– 
ish kuchi xarajatlarini tahlil qilish; 
– 
rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlashni tahlil qilish va hokazo. 
Tashkilotda kadrlar holati baholanadi. Baholash jarayonida 
tashkilot personal ishining samaradorlik omillari aniqlanadi, Sh-
uningdek, uning ish samaradorligini oshirish qo‘shimcha zaxi-
ralarini quyidagi yo‘nalishlarda izlash amalga oshiriladi: 
– 
kadrlar 
ta’lim 
va 
kasbiy-malakaviy 
tuzilmasining 
maqbulligi, xodimlar tuzilmasining (tarkibining) tashkilot maqsad 
va vazifalariga mosligi; 
– 
tarkibiy bo‘linmalarning malakaviy ish kuchi bilan ta’min-
langanligi;
– 
xodimlarni o‘qitish (qayta o‘qitish) ga talab, Shu jumladan
tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlarini o‘qitish samaradorligi; 
– 
kadrlarga talabni qondirishning asosiy manbalari; 
– 
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish (ijtimoiy paket) 
xarajatlari; 
– 
vakant (bo‘sh) lavozimlarni egallashda, eng yuqori lavo-
zimga ko‘tarishda kadrlar zaxirasidan foydalanishning samara-
dorlik darajasi; 
– 
kadrlar qo‘nimsizligini tahlil qilish; 
– 
kadrlarning mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash 
darajalari bilan qoniqish darajasi;


60 
– 
kadrlarni kasbiy rivojlantirishda tashkilotning moliyaviy 
imkoniyatlari; 
– 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat 
sharoitlari hamda moddiy rag‘batlantirish bilan qoniqqanlik 
maqsadida tashkilotning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasini 
o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish. 
O‘tkazilgan tahlil va joriy kadrlar holati tendensiyasini 
baholash tashkilotning kadrlar siyosatini ishlab chiqishning 
muhim qismi hisoblanadi.
5
Kadrlar tarkibini tahlil qilish natijalariga ko‘ra turli darajadagi 
kasb, mutaxassislik va ixtisoslikda xodimlarga bo‘lgan talab 
prognoz qilinadi. Tashkilotning kadrlarga bo‘lgan talabni prog-
nozlash tashkilotning iqtisodiy xizmatlari orqali amalga oshiriladi 
va qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (besh yilgacha) va 
uzoq muddatli (besh yildan ortiq) bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin