Ka d rla r zaxz ira si b ila n ish ol ib bo ri sh Bo‘linmalarda nazoratni amalga oshirish
Kadrlar tayyorlash bo‘limlarida nazoratni amalga oshirish
Korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazorat
Kadrlar zaxirasini tayyorlashning borishini muntazam ravishda korxona rahbari
huzurida ko‘rib chiqish
Rahbar kadrlarga ehtiyojni
aniqlash
Ishchi kadrlar zaxirasini
tayyorlash ustidan nazorat
Tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni о‘rganish
Rahbarlik lavozimlari yangi rо‘yxatini tuzish
Kadrlar tarkibi va ularning joy-joyiga qо‘yilishi tahlili
Rahbarlik lavozimlari miqdorini aniqlash tahlili
Rahbar kadrlar zaxirasining
lavozimga tayinlash uchun
tayyorlash
Bo‘linmada har bir lavozim bo‘yicha kadrlar zaxirasining tayyorligi darajasini
aniqlash va kadrlar bo‘limiga takliflar kiritish
Taqdim etilgan takliflarni kadrlar bo‘limi va kadrlarni tayyorlash bo‘limida taxlil
etish hamda korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari huzurida ko‘ri
chiqish uchun hujjatlarni tayyorlash
Taqdim etilgan hujjatlarni korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari
huzurida ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash
Xulosalarni korxona rahbari tomonidan ko‘rib chiqish va lavozimga tayyorlash
to‘g‘risida qaror qabul qilish
tahlil
114
1. Nomzodlarni rivojlantirish. Bu rejalantirilgan tadbirlar –
nazariy va amaliy (boshqaruv) bilimlarni, ko‘nikmalarni
takomillashtirish aniq vazifalarini bajarishdir. Ularga quyidagilar
kiradi:
- mashq (trening) larda ishtirok etish;
- malaka oshirish kurslarida o‘qish;
- seminar, konferensiya va kongresslarda ishtirok etish;
- stajirovkalar
(o‘quv markazlari, ishlab chiqarishni
boshqarishning ilg‘or texnologiyalari joriy etilgan korxonalar, Shu
jumladan chet el kompaniya va firmalarida);
- tavsiya etilayotgan lavozimda (asosiy rahbar yo‘q vaqtida)
stajirovka;
- xizmat vazifalari rotatsiyasi;
- mehnat faoliyatining gorizontal kengayishi (o‘zaro
bog‘liq, doirasi kengaytirilgan vazifalarni bir darajada bajarish);
- mehnat faoliyatining vertikal kengaytirilishi (xizmat
vazifalariga egallab turgan lavozimidan yuqori darajadagi
mansablarda ko‘zda tutilgan vazifalarni ham kiritish);
- ishlab chiqarish ayrim amaliy masalalarini, korxona va
uning bo‘linmalari faoliyati tajribasini, yuzaga chiqqan
muammolar kelib chiqishi sabablarini o‘rganishga hamda bular
xususida asoslangan xulosa va tavsiyalar tayyorlashga jalb etish;
- o‘z korxonasi hamda boshqa kompaniya va firmalar ishlab
chiqarish o‘quvlarida o‘qituvchi sifatida ishtirok etish;
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning
bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun maxsus
tanlab olingan nomzodlarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda
rivojlantirishdir. (1-rasm).
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil etish uchun
eng avvalo quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi:
- zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
- zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash;
- zaxiraga kiritish mezonlarini belgilash;
- zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash
tizimini ishlab chiqish;
115
- zaxirani shakllantirish va undan foydalanish usullarini
belgilash;
- personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish
olib borish yuzasidan vazifalari.
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning
kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal
ushbu hujjatdan yaxshi xabardor bo‘lishi darkor, chunki xodim-
larni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega.
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir:
- zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni dastlabki
o‘rganish va baholash;
- zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash;
- zaxira tarkibiga kiritish;
- zaxirani tayyorlashni tashkil etish;
- zaxira tayyorlashni baholash.
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlarni shakllantirishda ikkita
ro‘yxat tuziladi:
- kadrlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlarning umumiy
ro‘yxati;
- aniq lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning umumiy
ro‘yxati.
Umumiy ro‘yxatga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlardan
qaysilarini o‘qitish darkorligi, nomzod shaxsiy xususiyatlarini
hamda kelajakda undan rahbarlik lavozimida foydalanishni
hisobga olgan holda uni tayyorgarlikdan o‘tkazishning qaysi
shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim.
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzod-
larni shakllantirishda esa eng avvalo bu nomzodlarni baholash
kerak. Baholash jarayonida nomzodning kelajakda egallashi mo‘l-
jallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.
Mehnat jamoasiga rahbarlik uchun chetdan jalb etilgan
xodimni yangi vazifaga ko‘niktirish yanada murakkabroqdir.
Chunki ular nafaqat o‘zi rahbarlik qiladigan jamoa bilan, balki
korxona, uning tuzilishi, an’analari, o‘ziga xos xususiyatlari va
hokazolar bilan mutlaqo notanish bo‘ladilar. Shuning uchun
personalni boshqarish xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi
116
doirasida yangi lavozimga ko‘niktirish maxsus dasturlarini ham
ishlab chiqishlari talab etiladi.