S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

5.2. Korxonaning funksional boshqaruv va shtat tuzilmasi 
Iqtisodiy fanlarda dinamik tizimlarni tasniflash nazariyasidan 
foydalanib, murakkab boshqaruv jarayonlarini asosli ravishda 
alohida-alohida elementlarga taqsimlab, ularni guruhlarga bo‘lib, 
tashkil etuvchi belgilarni ajratish imkonini beradi. 
Korxonaning 
boshqaruv 
funksiyalari 
– 
boshqaruv 
faoliyatining o‘ziga xos turi, boshqaruv sohasida mehnat taqsimoti 
va ixtisoslashuvi mahsuli bo‘lib, o‘zida alohida belgi bo‘yicha 
ajralib turuvchi boshqaruv jarayonining bir qismini aks ettiradi. 
Boshqaruv elementlari (sifat, mehnat va maosh, fan-texnika 
taraqqiyoti, mehnatni muhofaza qilish) va ishlab chiqarish 
bo‘g‘inlari (mehnat, moddiy, texnik, moliyaviy va b.) resurslar 
predmeti umumiyligi bo‘yicha amalda tasniflash ko‘proq 


123 
tarqalgan. Odatda korxonani boshqarish jarayonining 10 dan 25 
tagacha funksiyalari farqlanadi. 
Mehnatni tashkil qilishning asosiy vazifalari majmui – 
boshqaruv jarayonining asosiy funksiyalari belgisi (me’yorlash, 
rejalashtirish, hisob, nazorat, tahlil, tartibga solish) bo‘yicha 
ajratib ko‘rsatiluvchi boshqaruv funksiyasi qismidir. Vazifalar 
majmui muayyan funksiyaga tegishli bo‘lib, qoidaga ko‘ra, kichik 
funksional bo‘linma (bo‘lim, byuro, guruh) tomonidan amalga 
oshiriluvchi vazifalar majmuini jamlaydi – masalan, korxona 
uchun personal tanlash jarayonini rejalashtirish. Vazifalar majmui 
soni korxona miqyosida 200 tani tashkil etadi. 
Bu borada boshqaruv vazifasi – tashkiliy jihatdan o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan, personal tomonidan texnik vositalar yordamida 
amalga oshiriluvchi axborotni qayta ishlash operatsiyalari majmui 
bo‘lib, bu operatsiyalar bajarilishi natijasi boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish – masalan, korxona bo‘yicha yil davomida 
personalning ehtiyoji miqdori va turini hisoblash imkonini beradi.
Vazifa boshqaruv jarayonining asosiy elementi bo‘lgani 
uchun, uning amalga oshirilishi esa, qoidaga ko‘ra, boshqaruvning 
bir qancha xodimlarini o‘z jarayoniga qamrab oladi. Korxonada 
mehnatni tashkil etish, texnik va texnologik majmualarini 
boshqarish jarayonida bir necha mingta boshqaruv vazifalari hal 
etiladi. 
Boshqaruv operatsiyasi – texnik vositalarning muayyan 
to‘plami yordamida bitta xodim tomonidan bajariluvchi, 
axborotning shakli yoki mazmuni o‘zgarishiga qaratilgan mehnat 
harakatlarining majmui hisoblanadi. Bu jarayondagi boshqaruv 
operatsiyasi vazifaning mazmuniy qismini aniqlashtiradi va 
namunali chizma shaklida taqdim etilishi mumkin. 
Boshqaruv 
funksiyalarining 
matritsali 
taqsimlanishi. 
Korxonani boshqarish amaliyotida korxona rahbariyati, funksional 
va o‘rta bo‘g‘in bo‘linmalari o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini 
oqilona taqsimlash dolzarb vazifa sanaladi. 
Bir qator sanoat korxonalari boshqaruv tizimlarining tahlilida 
amaldagi boshqaruv funksiyalari taqsimlanishida rahbarlar 
tomonidan yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar: 


124 
• bosh direktor zimmasiga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar 
va u qaror qabul qiladigan funksiyalarning haddan ortiq 
yuklanishi; 
• bosh direktor, uning o‘rinbosarlari va bo‘limlar rahbarlari 
o‘rtasida boshqaruv funksiyalarining aniq hujjatlashtirilgan 
taqsimoti mavjud emasligi; 
• aksiyadorlik korxonalarida davlat boshqaruvining eski 
ma’muriy tizimiga xos kichik bo‘lim va xizmatlarning mavjudligi 
(fuqarolik mudofaasi, birinchi va ikkinchi bo‘limlar, mashina 
byurosi); 
• asosiy ishlab chiqarish jarayonida 500-1000 kishilik yirik 
sexlar bilan bir qatorda ularga xizmat qiluvchi yordamchi ishlab 
chiqarishdagi 500 kishigacha xodimga ega, samarasi yo‘q sexlar-
uchastkalar mavjudligi. 
• qaror qabul qiluvchi shaxs ayrim hollarda, o‘z funksiyasiga 
kirmagan boshqaruv operatsiyasini boshqa bo‘linmalar bilan aniq 
texnologik o‘zaro bog‘liqliksiz hal etishi; 
• ishlab chiqarish jarayonida texnologiyaning sifat talablari, 
xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari 
ustidan tezkor boshqaruv funksiyalarining taqsimlanishi va 
ularning bosh direktorning turli o‘rinbosarlari tomonidan har xil 
yo‘nalishda olib borilishi. 
Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishning eng sodda va 
aniq uslubi matritsali uslub sanaladi. Tuzilmaviy bo‘linmalar 
o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini taqsimlash matritsasi jadval 
ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning qatorlari ishlab chiqarish 
boshqaruvining aniq vazifalari, ustunlari – boshqaruv apparatining 
tuzilmaviy bo‘linmalari sanaladi. Ustunlar va satrlar kesiShuvida
aniq vazifa bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linma javob beradigan 
boshqaruvning asosiy operatsiyalari ko‘rsatiladi. 
Boshqaruv funksiyalarini taqsimlash martitsasi ularni 
korxona rahbariyati va boshqaruv apparati bo‘linmalari o‘rtasida 
aniq taqsimlash, boshqaruv operatsiyalari texnologik ketma-
ketligini belgilash va muayyan rahbar yoki mutaxassisga 
operatsiyalarni aniq biriktirish imkonini beradi. 


125 
Personalni boshqarish va uning sonini ma’lum bir davrda ish 
miqdorlari va maosh hamda xo‘jalik xarajatlarining hisob-kitobi 
uchun korxonaning shtat tuzilmasi tasdiqlanishi kerak. Shuning 
uchun korxona shtat tuzilmasining iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy 
vazifasi – xodimlarning miqdoriy kasbiy tarkibini, mehnatga haq 
to‘lash miqdori va xodimlar ish haqi fondini belgilaydi.
Korxonaning shtat tuzilmasi tarkibini korxona oldida turgan 
maqsad va vazifalarga mos xolda puxta va samarali ishlab 
chiqishga qadar quyidagi muhim hujjatlar tayyorlanishi zarur: 
• rejali muddatga korxonaning (oy, chorak, yil davriyligi) ish 
haqi fondi; 
• rejali davrga mo‘ljallangan ish miqdorini bajarish uchun 
yetarli miqdordagi personal sonining hisob-kitobi; 
• korxonaning shtat jadvali. 
Quyidagilar 
shtat 
tuzilmasini 
shakllantirish 
uchun 
boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi: 
• ishlab chiqarish (ishlar va xizmatlar) ning rejali miqdori; 
• personal soni va ish haqi normativlari; 
• boshqaruv tashkiliy tuzilmasi sxemasi; 
• namunaviy (haqiqiy) shtat jadvallari. 
Korxona ish haqi fondining hisob-kitobi ish haqi bo‘yicha 
xarajatlarni mutloq kattaliklarda ham, ish haqining mahsulot 
qiymatidagi nisbiy ulushi ko‘rinishida ham asoslash imkonini 
beradi.
Korxonaning shtat tuzilmasi iqtisodiy bo‘lim (moliya-reja 
bo‘limi) bilan kadrlar xizmati mutaxassislari tomonidan ishlab 
chiqilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va korxona 
muhri qo‘yiladi. 
Tasdiqlangan korxona shtat tuzilmasining bir nusxasi 
korxona rahbarida, ikkinchi nusxasi kadrlar bo‘limida, uchinchi 
nusxasi buxgalteriya xizmatida saqlanadi. 
Korxonaning shtat tuzilmasiga korxonaning ishlab chiqarish 
miqdori, yangi innovatsion texnologiyalar yuzasidan qo‘shimcha 
ishlab chiqarishlar yoki xizmatlar tatbiq qilinganda yil mobaynida 
bir necha bor o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 


126 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin