S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxona tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

5.5. Korxona tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini 
ishlab chiqish tartibi 
 
Ishlab chiqarish jarayoni va aholiga xizmat ko‘rsatish 
sohasidagi yirik va o‘rta korxonalarda boshqaruv vazifalari 
mustaqil, ba’zan hududiy jihatdan alohida bo‘lgan va xo‘jalik 
hamda ma’muriy mustaqillikka ega bo‘linmalar (yoki filiallar) 
tomonidan bajariladi. Bu bo‘linmalarning boshqaruv tizimini 
samarali muvofiqlashtirish maqsadida ularning faoliyati korxona 
direktori tasdiqlagan bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga 
solinishi lozim. 
Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizomda bo‘linmaning 
korxonadagi o‘rni va ahamiyatini, uning tarkibiy tuzilmasi, 
boshqaruvning asosiy funksiyasi va vazifalari, bo‘linma xodimlari 
huquqlari, javobgarligi va ularni rag‘batlantirish shakllarini 
tartibga soluvchi asosiy me’yorlar aks ettiriladi. 
Bo‘linma to‘g‘risidagi nizom korxona rahbari tomonidan 
sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi va muhr qo‘yiladi. Bo‘linma 
va filiallar nizomlarida quyidagi tashkiliy, huquqiy va moliyaviy 
talablar o‘rin egallagashi lozim: 


138 
• tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida boshqaruv funksiya-
larining rasman muvofiqlashgan taqsimlanishini belgilanganligi; 
• bo‘linma zimmasiga biriktirilgan asosiy boshqaruv 
vazifalar; funksiya va vazifalar bajarilishi talablari; mehnatni 
tashkillashtirish, uning davomiyligi va kalendar muddatning aniq 
belgilaganligi; 
• har bir boshqaruv vazifasi kompleksi bo‘yicha tuzilmaviy 
bo‘linmalar o‘rtasida funksional o‘zaro aloqaning o‘rnatilganligi; 
• bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning 
miqdoriy 
ko‘rsatkichlarini 
kiritish 
evaziga 
boshqaruv 
funksiyalarining o‘z vaqtidaligi va ishonchliligini oshirganligi; 
• qarorlar qabul qilish va korxona hisobidan ajratilgan
resurslardan samarali foydalanish talablari va Shu borada 
bo‘linmaning huquqlari belgilanganligi; 
• boshqaruv funksiyalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish 
maqsadida bo‘linma xodimlarining jamoaviy va individual 
javobgarligi belgilanganligi; 
• ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijalariga 
ko‘ra xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni amalga 
oshirish talablarining belgilanganligi. 
Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom besh bo‘limdan 
iborat bo‘lishi kerak: umumiy bo‘lim, funksiyalar va vazifalar, 
huquqlar, javobgarlik, rag‘batlantirish. 
Funksiyalarga bo‘linma tuzilmasiga biriktirilgan vazifalar 
majmui kiradi (funksiyalar ro‘yxati, o‘zaro aloqa, ularni davriy 
bajarish funksiyalari). 
Huquqlarga tuzilmaviy bo‘linmalarga biriktirilgan bosh-
qaruv funksiyalarini bajarish (masalan, vazifalarni bajarish uchun 
tuzilmaviy bo‘linmalardan kerakli axborot taqdim etishni talab 
etish; kutubxona, laboratoriyalar xizmatlaridan foydalanish; 
bo‘ysunuvchi xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalarini ishlab 
chiqish va sh.k.) uchun turli resurslar (mehnat, axborot, texnik, 
material, moliya, energetik)dan foydalanish imkoniyatini taqdim 
etish kiradi. 
Javobgarlikka korxonaning mulkchilik shakli va turidan 
qat’iy nazar, tuzilmaviy bo‘linmaning barcha xodimlari iqtisodiy 


139 
rivojlanishning yillik (chorak, oylik, haftalik, kunlik) rejasida 
shakllantirilgan, korxonaning o‘z maqsad va vazifalarining 
bajarilishi uchun differensial javobgarlik (individual yoki 
jamoaviy)ka ega bo‘lganligini belgilaydi. 
Korxona rahbari va xodimlar quyidagi huquqbuzarliklar 
yuzasidan javobgarlikka tortilishi mumkin: 
• boshqa tuzilmaviy bo‘linmalar va yuqori turuvchi 
tashkilotlarga hal etilayotgan vazifalar bo‘yicha asosiy axborotni 
o‘z vaqtida va sifatli yetkazmasligi uchun; 
• boshqaruvning barcha funksiyalari bo‘yicha reja va 
hisobotlarning asossiz va sifatsiz ishlab chiqilishi va iqtisodiy 
rivojlanish 
rejasi 
vazifalarining 
tuzilmaviy 
bo‘linmalari 
tomonidan bajarilmasligi; 
• xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratmaslik, 
mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi 
qoidalarining buzilish hollarida; 
• mehnat resurslaridan, moddiy-texnik baza imkonlaridan 
samarasiz va maqsadsiz foydalanish, energetik va moliyaviy 
resurslardan oqilona foydalanmaslik; 
• bo‘linmaga belgilangan shtat birligi, byudjet yoki daromad 
manbalaridan tejamkorlik talablarini inkor etib, moliyaviy 
intizomni buzish, jamoaviy shartnoma shartlari va ish haqini 
to‘lash nizomining buzilishi. 
Bo‘limda xodimlarni rag‘batlantirish talablari 3 ta asosiy 
qismdan iborat: 
1. Bo‘limning boshqaruv vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli 
bajarish uchun xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish-
ning aniq shakllari ko‘rsatiladi:
- jamoa oldida minnatdorchilik bildirish; 
- pul mukofoti berish;
- qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
- korxona yoki yuqori tashkilotning faxriy yorlig‘ini 
topshirish;
- faxriy xodimlar peshtaxtasiga kiritish. 
2. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish faoliyati natijasi bo‘yicha asosiy ijtimoiy va iqtisodiy 


140 
ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan tarzda tuzilmaviy bo‘linma 
faoliyati ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Bo‘linmada mehnatni tashkil etish va faoliyat natijasi sama-
radorligini baholash ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy ko‘rsatkichlar 
yakuniga qarab amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
qarorlar ishonchliligi, hujjatlarni rasmiylashtirish sifati, qabul 
qilinuvchi qarorlarning o‘z vaqtidaligi, personal yuklanishi bir 
tekisdaligi va mehnat intizomi darajasi. 
3. Funksional bo‘linmaga biriktiriladigan ko‘rsatkichlar 
ro‘yxati ko‘rsatiladi. Masalan, korxona rahbari uchun – pul 
mablag‘larining tushum miqdori, korxonadagi foyda miqdori, 
rentabellik darajasi va sifat talablari; reja bo‘limi uchun – tovar 
mahsuloti hajmi o‘sishi, mehnat unumdorligi o‘sishi, foyda miqdori 
o‘sishi, xodimlarning o‘rtacha ish haqi fondi o‘sish sur’atlari.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin