S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

1.7. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash 
to‘g‘risidagi nizom 
 
1. Umumiy qoidalar 
 
1.1. Rahbar kadrlar zahirasini shakllantirish va u bilan 
muntazam ishlashni tashkil etish korxona kadrlar siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. 
1.2. Zaxirani shakllantirishning asosiy maqsadi boshqaruv 
ishlari uchun va shu asosda korxonani boshqarish tizimining 
izchilligi, uzluksizligi, boshqaruv samaradorligini oshirish, 
shuningdek uning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlangan 
xodimlar guruhini shakllantirishdan iborat. 
Zaxirani yaratish maqsadlari quyidagilardan iborat: 


43 
xodimni yangi lavozimga moslashtirish muddatini ixcham-
lashtirish; 
xodimlarda korxona va uning jamoa a’zolariga nisbatan 
sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish va mustahkamlash; 
avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarda nizolarsiz, bosqichma-
bosqich o‘zgarishlarni amalga oshirib borish, natijada korxona-
dagi an’analar, urf-odatlar, innovatsion texnologiyalarga intilish 
va jamoa madaniyatini saqlab qolish. 
1.3. Zaxira bilan ishlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan 
tashkil topadi: 
yuksak professional daraja, ishchanlik harakatlari, shaxsiy
fazilatlar va yoshiga doir zaxira tarkibidagi nomzodlarga 
ko‘rsatilgan talablarga mosligi; 
zaxira tarkibidagi nomzodlarning zamonaviy sharoitlarda 
boshqaruv faoliyatiga tayyorgarligi, kasbiy, ishchan, shaxsiy 
fazilatlarni atroflicha o‘rganish va baholashning xolisonaligi; 
nomzodlarni zaxira tarkibiga kiritishda kollegiallik va 
oshkoralik, mehnat jamoasining fikrini hisobga olish; 
ishning uzluksizligi va zaxira bilan ishlash jarayonini nazorat 
qilishning muntazamligi; 
zaxiradagilarni faol holatga keltirish; 
real va qobiliyatli zaxirani tayyorlash uchun rahbar va uning 
o‘rinbosarlari mas’uliyatliligi; 
turli sabablarga, shu jumladan, jinsi, millati, dini, oilaviy 
sharoitiga ko‘ra zaxiradagilarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik. 
1.4. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash to‘g‘ri-
sidagi nizom rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlashning o‘ziga xos 
asosiy tarkibiy elementlari, tartibi va izchilligini belgilaydi.
1.5. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va 
shaxsiy fazilatlari bilan eng yuqori darajali vakant rahbarlik 
lavozimlarini 
egallashga 
qodir, 
maxsus 
shakllangan 
va 
tayyorlangan xodimlar guruhidir. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin