S xolmuratov korxonada kadrlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

 
 
 
 


44 
2. Zaxira bilan bilan ishlashni tashkil etish 
 
2.1. Zaxiradagi kadrlar bilan ishlash, uning sifat tarkibi va 
foydalanish samaradorligiga shaxsiy javobgarlikni korxona 
rahbari o‘z zimmasiga oladi. 
Zaxira bilan ishlashni tashkil etish rahbar o‘rinbosarlaridan 
biriga topshiriladi. 
2.2. O‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va shaxsiy fazilatlari bilan 
rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir nomzodlarni tanlash bo‘yicha 
ishni korxonadagi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha 
tadbirlarni tanlov komissiyasi olib boradi. Tanlov komissiyasini 
tuzish, ishlash va hay’at tarkibi korxona rahbarining qarori bilan 
belgilanadi. Tanlov komissiyasining tarkibiga korxonadagi rahbar 
xodimlar va yuqori malakali mutaxassislar kiradi. Tanlov 
komissiyasining soni besh kishidan kam bo‘lmasligi lozim. 
Komissiyaning a’zolari qabul qilinuvchi qarorning xolisonaligi va 
axborotni sir tutish uchun javobgar. Tanlov komissiyasi raisi 
kadrlar bilan ishlashni tashkil etish uchun korxona rahbarining 
o‘rinbosari etib tayinlanadi, raisning o‘rinbosari esa korxona
kadrlar xizmatining rahbari bo‘lishi shart. Tanlov komissiyasi 
yig‘ilishilarning davriyligi zaxirani yangilash zaruriyatini hisobga 
olib, kadrlar xizmati rahbarining taklifiga binoan belgilanadi. 
Tanlov komissiyasining yig‘ilishlari tarkibdagi a’zolardan uchdan 
ikki qismi hozir bo‘lganida o‘tkaziladi. 
Tanlov komissiyasi faoliyatining tashkiliy-texnik jihatlari
kadrlar xizmati hisobidan amalga oshiriladi. 
2.3. Kadrlar xizmati korxonadagi personalga tezkor rahbarlik 
qiladi va zaxira bilan bevosita doimiy ishlaydi, Shu jumladan: 
zaxirani 
shakllantirish 
bo‘yicha barcha joriy ishni 
rejalashtiradi va tashkil etadi;
rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha tanlov 
komissiyasining ishini tashkillashtiradi; 
zaxiradagilarni ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatdan chiqarish, 
Shuningdek yangi lavozimga taklif qilish to‘g‘risida takliflarni 
kiritadi; 


45 
zaxira bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar rejasining bajarilishini 
nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; 
zaxiraga olingan shaxslarning mehnat faoliyati natijalarini 
tahlil qilib boradi va baholaydi; 
zaxiradagi shaxslarni o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini 
oshirish, stajyorlikni tashkil qilish va hokazo professional 
rivojlanish shakllari, tashkiliy tadbirlarni amalga oshiradi; 
zaxira bilan ishlash bo‘yicha korxonaning barcha bo‘linmalar 
rahbarlari kadrlar xizmatiga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi; 
zaxirada bo‘lgan shaxslarni tayyorlash jarayonini va 
natijalarini aks ettiruvchi hujjatlarni yuritish, rasmiylashtirish, 
hisobga olishni amalga oshiradi, tegishli ma’lumotlar bazasini 
shakllantiradi va olib boradi; 
zaxira bilan ishlash tashkiliy samaradorligini oshirishga 
qaratilgan ijtimoiy, ruhiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etadi 
hamda ularning o‘tkazilishida bevosita ishtirok etadi; 
zaxira bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 
kiritadi; 
zarur hollarda direktorning zaxira ro‘yxatiga kiritish 
to‘g‘risidagi qarorini xodimlarga ma’lum qiladi; 
zaxira bilan ishlash bo‘yicha boshqa rahbarlik qiluvchi 
hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
2.4. Korxona tarkibiy bo‘linmasining rahbari:
kadrlar zaxirasiga bo‘lajak nomzodlarni tanlab olishda 
bevosita ishtirok etadi; 
o‘z bo‘linmasida zaxira bilan ishlashni tashkil etish va uning 
tayyorgarligiga javob beradi; 
zaxiradagilarni 
kasbiy 
rivojlantirish 
(mustaqil 
o‘qish) 
bo‘yicha shaxsiy rejalarni tuzishda ishtirok etadi; 
tarkibiy bo‘linmada zaxiradagilarning stajyorlik faoliyatini 
tashkil etib, nazorat qilib boradi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin