S xolmuratov korxonada kadrlar


Xodimlarni saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

3.3.Xodimlarni saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish 
Kadrlarni saralash, tanlash va ishga rasmiylashtirish kadrlar 
siyosati sohasidagi asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi. Ushbu jara-
yonni amalga oshirish samaradorligi har qanday kompaniyaning 
ishlashiga bog‘liq bo‘lib, bunda boshqaruv jiddiy ahamiyat kasb 
etadi. 
Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlarning markaziy 
o‘rinlaridan biri xususiy kompaniyalarning quyi va o‘rta darajadagi 
rahbarlarini tanlashdir. Germaniyadagi firma va korporatsiyalarda 
yuqori malakali kadrlar korpusining shakllanishi juda muhimdir. 
Ko‘pchilik menejerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri firmalarda o‘sib boradi va 
doimo boshqaruvning barcha darajalarini egallaydi.
Yetakchi kadrlarni tanlashning asosiy qoidasi, o‘z navbatida, 
tanlab olishdir, bu ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal 
etishning samarali shartidir. Vakolatli kompaniyalar ma’lum bir 


85 
ishni bajarish uchun talablarni to‘g‘ri oldindan tahlil qilish asosida 
nomzodlarni tanlaydi. Lavozimga nomzodlar taklif qilinayotgan 
ishning batafsil tavsifi bilan o‘zlari tanlab olishni ta’minlaydilar. 
Personalni boshqarish xizmati bo‘sh ish joylarini aniqla-
gandan so‘ng bevosita ishga qabul qilish jarayoniga kirishadi. Bu 
ham bir necha bosqichdan iboratdir. 
1. Ishlab chiqarish yoki boshqaruv faoliyatining u yoki bu 
funksiyalarini bajarishga qodir nomzodlarni aniqlash. 
2. Xodimni xizmat yoki kasbiy vazifasiga muvofiq ishga 
yollash (qabul qilish) tartibi. 
3. Xodimni ishdan bo‘shatish tartibi, sabablari va shartlari. 
4. Ishdan bo‘shatilganlar va ishsizlarning davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanishi va ijtimoiy himoya bilan ta’minlanishi. 
 
 
1-rasm. Ishga qabul qilish jarayoni 
 
Rahbariyat lavozimiga nomzodlarni tanlashda kompaniya 
xodimlari orasidan ba’zilari seminar-treningga taklif etiladi. 
Kompaniyaning mavjud mutaxassis maslahatchilari nomzodlarni 
ushbu vazifani hal qilishda yoki ular taklif etgan masalani 
muhokama qilayotganda baholaydilar. Nomzodlar bilimini 
aniqlash uchun testdan ham o‘tadilar. Odatda, har bir firma o‘z 
Korxonaning xodimga ehtiyoji 
Ishga yollash 
Nomzodlarni tanlash 
Nomzodlarni 
saralash talablari 
Ishga qabul qilish 


86 
tanlov mezonlari va xodimlarni ishga yollash tartibini rivojlantirib 
boradi. Talab qilingan talablarga muvofiq nomzodlar kasbiy 
mahoratga, shaxsiy fazilatlariga ko‘ra baholanadi. 
Nomzodlarni tanlab olish vazifasining ahamiyati ularni 
baholash zaruratini yuzaga keltiradi. Nomzodni dalillar asosida 
baholash imkonini beruvchi maxsus standart dasturlari ishlab 
chiqilgan. 
Ishga yollash jarayoni personal xizmatining mehnat bozo-
ridagi faoliyatini tashkil etishdan boshlab shtatga qabul qilingan 
xodimni xizmat vazifasiga ko‘niktirishgacha bo‘lgan bosqichlarni
o‘z ichiga oladi. Ular quyidagichadir: 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin