S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxona personalini lavozimga tayinlash tamoyil va



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

5.4. Korxona personalini lavozimga tayinlash tamoyil va 
uslublari 
Korxonada personalni joy-joyiga qo‘yish, kompleks baholash 
natijalari, rejali tarzda lavozim o‘sishi, personalga munosib 
mehnat sharoitini tashkil qilish va ish haqi miqdoridan kelib 
chiqib, ish o‘rinlarini samarali to‘ldirishni ta’minlaydi. 
1. Xodimning lavozim o‘sishini rejalashtirish xodimlarning 
shaxsiy hissasi, yoshi, ularning malakaviy darajasi, ish tajribasi
ishlab 
chiqarish 
staji 
va 
mavjud 
bo‘sh ish o‘rinlari 
(lavozimlar)ning mavjudligini baholash natijalaridan kelib chiqib 
amalga oshiriladi. 
2. Xodimlarga munosib mehnat sharoiti va ish haqi darajasi. 
Xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ish haqi miqdori 
va muntazam ravishda unumli mehnati uchun mukofotlar, ish 
o‘rnining innovatsion texnik va aloqa vositalari bilan jihozlanishi, 
ijtimoiy mukofotlar va kafolatlar belgilanadi. 
3.Xodimlarning rejali harakatlanishi. Kadrlarni rivojlantirish, 
kasbiy darajasi oshishi, rotatsiya qilinishi va ishdan bo‘shatish, 
xodimlarni baholash natijalari va ularning hayotiy qiziqishlariga 


131 
munosib mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi muvofiqligidan 
kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Korxona kadrlarini lavozimga tayinlash tizimida quyidagi 
hujjatlar shakllanadi: 
• xodimlarning lavozim o‘sishi rejali modeli; 
• shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlar tayyorlash; 
• shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 
• o‘zgartishlarni qamrab olgan shtat jadvalini shakllantirish; 
• kadrlar harakatlanishi bo‘yicha yillik hisobotlarni 
tayyorlash va tahlil qilish; 
• ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida mehnatni 
ilmiy tashkil etish loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash. 
Kadrlarni joy-joyiga qo‘yish kadrlar bilan ishlashning eng 
muhim bosqichlaridan biri bo‘ladi va o‘zida 3 ta o‘zaro bog‘liq 
vazifani aks ettiradi: 
• xodimlarning mehnat va intellektual salohiyatini baholash 
hamda uning shaxsiy istaklaridan kelib chiqib, lavozimda o‘sishini 
rejalashtirish; 
• boshqaruv tizimida kadrlar harakatlanishini adolatli va 
yuqori darajada amalga oshirish (ko‘tarilish, rotatsiya qilish, 
tushirilish, bo‘shatilish); 
• xodimning munosib mehnat sharoiti va malakasiga yarasha 
munosib ish haqi miqdorini belgilash asosida u bilan mehnat 
shartnomasi (kontrakt) tuzish. 
Korxonada mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish (mehnat 
shartnomasini tuzish) – ma’muriyat (ish beruvchi) bilan va ishga 
qabul qilinayotgan xodim (yollanma ishchi) o‘rtasidagi mehnat 
shartnomasini rasmiylashtirish shakli bo‘lib, ishga qabul qilish, 
mehnat va dam olishni tashkil etish, ish miqdori, turi, mehnatning 
davomiyligi, mehnat sharoitlarining ishchi talablariga muno-
sibligi, mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish, ijtimoiy imtiyoz 
va kafolatlar, kontrakt muddatini uzaytirish va bekor qilish 
tartibini o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosbatlarining shakl-
lanishi mehnat munosabatlarini qonuniy demokratik asosga 
qo‘yish, ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida munosabatlarni 


132 
shartnoma va kelishuvlar bilan muvofiqlashtirishga yo‘l ochib 
berdi. Mehnat munosabatlariga oid bu huquqiy me’yorlar respub-
lika parlamenti tomonidan 1996 yil 1 apreldan e’tiboran amalga 
kiritilgan (so‘ng bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan) 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi
9
da o‘z ifodasini 
topdi. 
Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi samarali o‘zaro ham-
korlikni 
bozor 
iqtisodiyoti 
tamoyillariga 
mos 
keladigan 
manfaatlarni uyg‘unlashtirish ehtimol tutilgan mehnat nizolarini 
hal etish vositalarisiz, bir tomondan, mulkchilik barcha shakllarini 
e’tirof etadigan, ikkinchi tomondan xodimlarni ijtimoiy himoya 
qiladigan ijtimoiy tizimlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin