137
kerakli izlanishlar to‘liq majmui bilan qayta tayyorgarlikdan
o‘tadi. Agar kasbiy bilimlari va mahorati, sog‘lig‘i va ishga
layoqatliligi yuqori bo‘lsa, jamoadagi o‘zaro munosabati
mojarosiz bo‘lsa, saylash yoki tayinlash yo‘li bilan yuqoriroq
lavozimni egallash tavsiya etiladi.
Agar kasbiy salohiyat o‘rtacha bo‘lib, lekin egallab turgan
lavozim uchun yetarli kasbiy bilimlarga ega bo‘lsa, u boshqa ishga
o‘tkaziladi. Masalan, boshqa sex boshlig‘i lavozimiga. Xalq
maqolida aytilgandek, “Yangi supurgi yangicha supuradi”.
Agar rahbarning reytingi past, kasbiy tayyorgarligi egallab
turgan lavozimiga muvofiq bo‘lmay, jamoada mojarolar yuzaga
kelsa, uning lavozimini pasaytirish yoki korxona tartibini qo‘pol
tarzda buzganlik uchun, hatto ishdan haydash masalasi ham
ko‘rilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: