169
5. Kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlarga rozibo‘lgan xodim–
larning vujudga keladigan qarshilik sabablari nimalardan iborat
bo‘lishi mumkin?
6. Kadrlar siyosatidagi o‘zgarishlarga
qarshiligini kamaytirish
uchun qanday choralar ko‘rish kerak?
7. Xodimlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha rahbarga
qanday takliflar yuboriladi?
8. Kadrlar siyosatini o‘zgartirish borasida og‘zaki taklifidan
ko‘ra yozma takliflarning afzalliklari nimalardan iborat?
9. Kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha
takliflar
bo‘yicha hisobot ustida ishlashda yana nimani e’tiborga olish
kerak?
10.
Kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqishda qanday usullardan foydalanish kerak?
11.
Xodimlarni tanlash muammolari va takliflarini oqlash
uchun dalillar tanlashda nimani e’tiborga olish kerak?
170
GLOSSARIY
Personal adaptatsiyasi (xodimlarning
mehnat jarayoniga
moslashishi) – tanishish jarayoni, xodimlarning ish (mehnat
faoliyatining) mazmuni va sharoitlariga, Shuningdek, korxonaning
(tashkilotning) ijtimoiy muhitiga moslashishi. Xodimlarni mehnat
jarayoniga moslashtirish – personalni
boshqarishning muhim
tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u korxonaning yangi xodimlariga
va ichki rotatsiya tartibida boshqa lavozimga o‘tkazilgan
xodimlarga nisbatan qo‘llanadi.
Xodimlar jamoasining inno-
vatsion rivojlanishi sharoitida xodimni mehnatga moslashtirish
personal bilan ishlash tizimining texnik
va texnologik jihatdan
yangilanishi hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlarda
muhim va hal qiluvchi yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: