S xolmuratov korxonada kadrlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

Faol kadrlar siyosati – korxona rahbariyati tomonidan 
xodimlarning texnik-texnologik va kasbiy mahoratini, Shu-
ningdek, ushbu darajaga mos keladigan ilg‘or usullarning bosh-
qaruv tizimiga hamda bevosita xodimlarga ta’sirini rivoj-
lantirishning ilmiy asoslangan jarayonidir. 
Xodimlarni attestatsiya qilish – xodimlarning malakasi va 
kasbiy talablariga muvofiqligi darajasini baholash uchun 
rejalashtirilgan (favqulodda) tartibdir. Xodimlarni attestatsiya 
qilish korxonaning (tashkilot, muassasa) tarkibiy o‘zgarishlar va 
innovatsion davrida talab qilinadi. Korxonaning kollegial organi 
tomonidan qabul qilingan xodimlarini attestatsiya qilish to‘g‘-
risidagi qarori ushbu tashkiliy jarayonning zarur huquqiy asosi 
hisoblanadi (ishlar kengashi qarori, pedagogik kengashi, Ilmiy 
kengash va hokazolar.) Ushbu qaror asosida korxonada ishla-
yotgan va attestatsiyadan o‘tadigan har bir xodimga bir oy oldin 
qaysi muddatda va qanday shartlar asosida attestatsiyadan o‘tishi 
haqida yozma ravishda xabar berilishi zarur. Bu davr mobaynida 
xodim asosli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmasa (kasallik, xizmat 
safari yoki ta’tilda bo‘lsa) uni attestatsiyadan o‘tkazish muddatlari 
xodim 
ishga 
chiqish 
kunigacha 
kechiktiriladi. 
Korxona
rahbariyati (tashkilot, muassasa) xodimlarning attestatsiyadan 
o‘tish natijalariga ko‘ra lavozimidan ozod etish, lavozimini 


171 
ko‘tarish yoki boshqa ishga o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqish
huquqiga ega. 
Attestatsiya jarayonidan o‘tkazishdan ozod qilinadiganlar: 
uzoq yillar korxonada unumli ishlaganlar; farzandi ikki yoshga 
to‘lmagan ta’tildagi va homilador bo‘lgan ayollar, pensiya yoshiga 
ikki yil qolgan xodimlar. 
Lavozim yo‘riqnomasi - xodimning mehnat faoliyatini 
amalga oshirishga asos bo‘luvchi korxonaning ichki mehnat 
me’yorlarini belgilovchi hujjatlardan biri. U xodimning tashkiliy-
huquqiy va funksional maqomini tartibga soladi. Uning vazifalari, 
asosiy huquqlari, majburiyatlari, malaka talablarini, Shuningdek 
ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tartibini belgilaydi. 
Lavozim yo‘riqnomasi korxona shtatida ko‘rsatilgan va korxona 
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan har bir pozitsiya uchun ishlab 
chiqiladi. 
Lavozim nomi, o‘sha lavozim egasining malakasi yoki kasb 
yo‘nalishi o‘zgarganda lavozim yo‘riqnomasi qayta ishlab 
chiqiladi va korxona rahbariyati tomonidan qayta tasdiqlanadi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin