172
Korxonaning kadrlar xizmati - korxona tarkibidagi kadrlar
siyosati strategiyasiga muvofiq personalni ishga qabul qilish va
ozod etish, ularning kasbiy-malakaviy talablarini nazorat qilish
vazifalarini bajarishga ixtisoslashtirilgan bo‘linma hisoblanadi.
Korxonaning kadrlar salohiyati – korxona xodimlari o‘z
lavozim vazifalarini yuqori saviyada bajarishlari bilan bog‘liq
tashkiliy, malakaviy imkoniyatlar; korxonaning uzoq muddatli
rivojlanish maqsadlariga erishishda xodimlarning
miqdor va sifat
holati tavsifi; xodimlarning joriy mavjud va istiqbolli davrda
egallanuvchi salohiyatlari integral tizim bo‘lib, ma’lum bir vaqtda
foydalanilishi talab etiladi. Xodimlarning salohiyati korxona
mehnat salohiyatining muhim qismi hisoblanadi.
Karyera – xodimning lavozimda yoki kasbiy-malakaviy darajasi
o‘sishi. Mehnat jarayonida insonning faolligini ifodalovchi holati va
xatti-harakatining ongli dinamikasi natijasi hamdir.
Dostları ilə paylaş: