S xolmuratov korxonada kadrlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/90
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#127870
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

Personalni baholash – korxona xodimlarining mehnat 
samaradorligini aniqlash hamda tashkiliy va lavozim vazifalarini 
bajarishlarini baholash jarayoni. 
Passiv uslubdagi kadrlar siyosati - korxona rahbariyati 
tomonidan xodimlarga nisbatan aniq belgilangan tadbirlar dasturi 
mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kadrlar siyosati 
Personal salohiyati – xodimlarning professional darajasini 
belgilovchi ko‘rsatkichlar, jamoa oldida joriy vaqt va istiqboldagi 
muammolarni hal qilish imkoniyatlari. Xodimlarning ta’lim va 
kasb-hunar ko‘nikmalarini, shaxsi, yoshi va jinsiga doir jismoniy 
rivojlanish xususiyatlarini ifodalovchi mezon. 
Professional standart - korxonada insonning salohiyatini 
boshqarish uchun kerakli miqdordagi bilim va malaka, ish uslublari, 
ko‘nikma, qobiliyat, mayl, mehnat bilan bandlik darajasining 
me’yoriy talablari. 
Reaktiv uslubdagi kadrlar siyosati - kadrlar siyosatining bir 
turi hisoblanib, xodimlarning mehnat jarayonida salbiy holatlarga 
yo‘l qo‘ymasliklari uchun kuchli nazorat mexanizmi va ijtimoiy-
mehnat munosabatlarida yuzaga keluvchi muammolarning oldini 
olish maqsadida belgilangan korxona rahbarlarining maqsadli 
tadbirlari. 
Yetakchi kadrlar zaxirasi - korxonada yuqori professional 
darajadagi fazilatlar va yuqori madaniyat, innovatsion sohalar 
bilimlariga ega hamda yuqori lavozimni egallashga tayyor xodimlar. 


174 
Rotatsiya – xodimlarni ishlab chiqarish sharoiti talab qilgan 
paytda gorizontal va vertikal tuzilmada malakasiga taalluqli yangi 
lavozimga 
qo‘shimcha moddiy va ma’naviy qo‘shimcha 
rag‘batlantirish tariqasida qayta tayinlash uslubi. 
Korxonaning kadrlar siyosati kengashi - korxona jamoa-
sining kadrlar masalalari bo‘yicha turli bo‘linmalar darajasidagi 
rahbarlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maslahat organi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin