"Sab’ayi sayyor" va "Saddi Iskandariy" dostonlari



Yüklə 29,66 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü29,66 Kb.
#113655
1   2   3   4   5
“Sab’ayi sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlari

Aning da`b-u rasmi jafo - o’q durur.

Vafo aylab, oning vafosin unut,

Navo istasang benavolig’ni tut. (11-tom, 194)

Bunday holni 56-bob yakunida ham kuzatish mumkin. Bobda Iskandarning Ravshanak va Mehrnozlarga uylanish to’yi nihoyatda ko’tarinki ruhda tasvirlanadi. Oxirda esa o’ziga murojaat qilib, shunday yozadi:

Navoiy, chu sarmanziling Chingadur,

Suruding dag’i sur aro chingadur.

Ayolg’ung necha yor-yor o’lg’usi,

Mening yig’larim zor-zor o’lg’usi. (11-tom, 401)

Qiziq tuyuladi - bir tomonda to’y, xursandchilik, ikkinchi tomonda esa "mening yig’larim zor-zor o’lg’usi", deydi Alisher Navoiy. To’yda aza tutmoq kayfiyatining boisi nima? Akad. B.Valixo’jayevning fikrlaricha, “…bu hashamat va tantanalarning boisi bo’lgan Iskandar taqdirining oxiri - "xoli ilgini" - bo’sh qo’lini tobutdan chiqarib qo’yishga vasiyat qilgani Alisher Navoiyni zor-zor yig’latadi va shundan kelib chiqib, yashashdan asosiy maqsad nimaligini o’ylab ko’rishga da`vat etadi. Bu zamonasi shohlariga ham, amaldorlarga ham, oddiy fuqarosiga ham, umuman bashariyatga tegishli da`vatdir, xitobdir. Bu esa umumbashariy muammo bo’lib, uni hal qilishga donishmandlar ham, adib va shoirlar ham, mutafakkir va mutasavvuflar ham asrlar davomida bosh qotirib kelmoqdalar”.

Alisher Navoiyning Iskandar obrazini chizishda, uning fazilatlarini bayon etishda g’olibligining boisi nimada ekanligiga e`tibor berib, uni hamisha olimu fuzalolar qurshovida tasvirlaydi. Iskandarning rub`i maskun jahondori bo’lishi, adolati va g’olibiyati tufayli topgan shon-shuhratining asosiy sabablaridan biri ilm va hunar ahliga tayanganligida deb biladi.

Demak, jamiyatning qaysi bosqichida, davrida bo’lmasin, uni boshqaruvchi shaxs ilm ahli va ilmiy xulosalar asosida ish yuritsa, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayotida rivojlanish, taraqqiyot, obodlik va osoyishtalikka erishiladi.

Shuning uchun mashhur allomalar - Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot va boshqalar Iskandar bilan yonma-yon tasvirlanadi, ularning bilimi, pand-nasihatlaridan bahramand bo’ladi.

Kashmirdagi sehrlangan mustahkam qal`ani zabt etish, ya`juj-ma`jujlar yo’lini to’sish uchun qurilgan devor - Saddi Iskandariy va boshqa voqealarda asosan ana shu alloma va fozillarning hissasi ulug’dir.

Jumladan, Kashmirdagi sehrli qal`ani olish uchun ishlatilgan qurolning kashf etilishi, uning tuzilishi va sifatlari tasviri kishini hayratda qoldiradi. Bu qurol go’y-katta shar shaklida bo’lib, ichiga turli xil moddalar joylashtiriladi. Sharga pilik qo’yadilar va otganda pilikni yondiradilar. Shar mo’ljallangan joyga tushgach, shar portlaydi. Shunda undan, birinchidan, nihoyat bahaybat, qo’rqunchli sado-ovoz chiqadiki, u sehrlarni buzadi; ikkinchidan, shunday sho’`la (nur, o’t-olov) tarqaladiki, u qal`aning eshiklarini buzib tashlaydi; uchinchidan, undan qora tutun tarqalib, hamma joyni qoraytiradi; to’rtinchidan esa undan nihoyat zararli hid tarqaladi va odamlarning sezgi a`zolariga zarar etkazadi (Kim ul dud ila is tugansun tamom, Ki nuqson topar elga andin mashom).

O’ylab ko’rilsa, bu qurilma XX asrda ixtiro qilingan ommaviy qirg’in qurollarining o’ziga xos bir ko’rinishi - modeliga o’xshashdir. Alisher Navoiy tomonidan tasvirlangan bu dahshatli qurol sehrlangan qal`ani zabt etish, uni zolim Malludan ozod qilish uchun ishlatilgan. Demak, dostonda tasvirlangan olimu fozillar shunchalik nodir imkoniyatga ega bo’lganlar va Iskandarning mushkillarini oson qilganlar. Ya`juj va ma`jujlar yo’lini to’sish maqsadida Qirvonda bino qilingan mustahkam devor- Sadd ham o’z zamonasining ulug’ inshaoti - olimlar va muhandislar aqliy mehnatining mahsuli sifatida tasvirlanadi. Olimlarning ixtirolaridan yana biri "suturlobi maxfi samo" (?) va "mir`oti getinamo" (56-bob) bo’lib, ularni ko’rgan Chin Xoqoni Iskandarga shunday deydi:

Mulozimlaring dog’i loyiq sanga,

Bilik ichra bori muvofiq sanga. (11-tom, 397)

Shunday qilib, podshoh va olimu fuzalolarning o’zaro hamkorligi barcha ishlarga muvaffaqiyatlarni ta`minlaydi. Shuning uchun mamlakat boshliqlari olim va fozillarga hamisha tayanmog’i va ularni har jihatdan (ma`naviy va moddiy) rag’batlantirmog’i lozim, degan fikr Alisher Navoiy tomonidan doim ta`kidlanadiki, bu juda muhimdir.

Dostonda turli mavzuga bag’ishlangan hikoya va masallar ham keltirilgan. Ularning ayrimlari tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan aloqador bo’lsa (Mahmud G’aznaviy va uning o’g’li Mas`ud, Sulton Abu Said Kuragon), ba`zilari sayyor sujetlarning qahramoni bo’lmish Majnun (33, 66 - boblar), Bahrom (54) lan bog’liq. Shuningdek, ular ikki yor (25), ikki rafiq (37), g’ofil yigit (41) haqida.

Hikoyatlar orasida bulbul (58), baliqlar (62), kabutar (70) bilan bog’liq masallar ham mavjud. Bu hikoya va masallar bevosita Iskandar sarguzashti bilan bog’lanmagan. Hatto “Iskandar va gado” hikoyati (17) da ham Iskandar Kashmirni qo’lga kiritgan shoh sifatida qatnashadi. Vaholonki, dostonning asosiy sujetida u hali Yunoniston taxtini ham egallamagan edi. Demak bu hikoyat zohiran asosiy sujet bilan bog’langan bo’lsa-da, aslida u Iskandar emas Gado (darvesh) haqidadir. Hikoyat va masallar ma`lum bir masalaga oid (himmat, avf, muxolifat…) nazariy qarashlarni badiiy jihatdan tasdiqlash maqsadida keltirilgan, Shu jihatdangina ular doston umumiy yo’nalishining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.

Shunday qilib, "Saddi Iskandariy" "Xamsa"ning oxirgi dostoni sifatida bu muhtasham badiiy qomusni ham g’oyaviy-mazmun va ham badiiy mahorat nuqtayi nazaridan nihoyatda salmoqli tarzda yakunlaydi.

Ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning ijodiy jasorati sifatida maydonga kelgan buyuk "Xamsa"si faqat shoirninggina emas, balki turkiy-o’zbek adabiyotining yuqori taraqqiyot bosqichiga ko’tarilganidan dalolat beruvchi adabiy-badiiy yaxlit bir qomusdir. Uning mohiyatini shoirning ustozi Abdurahmon Jomiy g’oyatda samimiyat bilan ifoda etgan. Husayn Boyqaroning "Xamsa" muallifiga ko’rsatgan buyuk hurmati - o’zi minadigan oq otga mindirib, jilovdor bo’lganligi, Alisher Navoiyni nazm mulkining sohibqironi va qahramoni deb atashi ham yuksak e`tirof namunasidir




Yüklə 29,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin