Sabot -ul ojizinda islom va tasavvuf g\'oyalarining ifodalanishi -fayllar.org
. Va ham baʼzi alfozi mutarodifa va mutajonisa tavjihi, baʼzi abyotlarning taʼvilida mubohasalar voqeʼ boʼlur erdi. Shuning uchun bu bandai osiy diliga oʼtdiki, agar baʼzi qalamiy nusxalar topilsa, alarni bir-biriga muqobala etib, bir nusxai sahiha qoʼlga kelsa yaxshi boʼlur erdi».

Shu oʼrinda «Sabotul-ojizinyaning qadimiy nusxalaridan birining muqaddimasida aytilgan quyidagi fikrlar ham mazkur masalaningancha jiddiyligini koʼrsatadi: «...bu yillarda takosur birla oydin-oygʼa bosilaturgʼon farʼ nusxalar xalqning eʼtinosizligʼi sababidin shundoq jalilul-qadr kitobning gʼalatlarin bittazoʼuf orttirub, bilkulliya aslini xarob qilgʼonlar...»
Darhaqikat, «Sabotul-ojizin»ning xoh qoʼlyozma, xoh bosma nashrlari boʼlsin, yuqorida taʼkidlaganidek, barchasi xatoyu kamchiliklardan, harf va soʼzlarni oʼzgartirish yoki almashtirishlardan xoli emas.
Аfsuski, bu «anʼana» haligacha davom etyapti. Bunga ishonch hosil qilish uchun «Sabotul-ojizin»ning 1991 yil «Choʼlpon», sal keyinroq «Mehnat» nashriyotlari tomonidan kirill alifbosida nashr etilgan nusxalarini oʼqish kifoya. Аchinarlisi, qachonlardir kotiblar sodir etgan xatolarni qayta takrorlash kamlik qilganidek, ayrim soʼzlarning notoʼgʼri yoki taxminiy oʼqilishi matnni asliyatdan yanada uzoqlashtirgan, oqibat, mazkur nashrlarning ilmiy qimmati pasaygan.