Sabot -ul ojizinda islom va tasavvuf g\'oyalarining ifodalanishi -fayllar.org
loyorning ilmiy-adabiy merosini matnshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish qanchalik oqsamasin, so‘nggi yillarda adabiyotshunoslik, tilshunoslik yo‘nalishig da So‘fi Olloyor ijodi, xususan, «Sabotul-ojizin» asari bilan bog‘liq bir necha tadqiqotlar qilindi, ilmiy konferensiyalar uyushtirildi. Bu sa’y-harakatlar saviyasidan qat’iy nazar tahsinga loyiq. Negaki, niyat xolis, ko‘zlangan maqsad aniq. Qolaversa, bu e’tibor xalqimizning ichki ehtiyojiga muvofiq kechyapti, ma’naviy bo‘shliqni to‘ldiryapti. Balki, biz «nomukammal, xatolari g‘ij-g‘ij», deb ta’riflayotgan nashrlarning bugungacha turli yullar bilan qayta-qayta chop qilinayotgani diyonatli xalqimizning So‘fi Olloyorga, «Sabotul-ojizin»ga bo‘lgan muhabbatidan bo‘lsa, ajab emas

«Sabotul-ojizin»ning hali ilmiy-tanqidiy matni tayyorlanmasdan nomzodlik, hatto doktorlik ishi darajasida tadqiqot ob’yektiga aylanishining sababi ham, balki, shu jihat bilan izohlanar. So‘zimiz avvalida «Sabotul-ojiziyuti to‘la ma’noda anglash xususida gapirgan edik. Ulug‘larlardan biri: «Sabotul-ojizin» mag‘zi Qur’ondir» degan ekan. Demak, bu mag‘zga yetish bayt mazmunini sharhlab, undagi tasvir vositalarini sanash bilangina amalga oshmaydi. Balki, baytlarga yashirin sirlar tafsir yordamida ochiladi, nozik va chigal ma’nolar hikmatini hadislar chaqib beradi, sharhlaydi. Ana shundagina So‘fi Olloyor shaxsi, uning ijodiy kuvvati butun qirralari bilan namoyon bo‘ladi, tilidagi fasoxat va balog‘at to‘la anglanadi.