Repiterlar signallar so`nib qolmasligi uchun ma'lum masofadan keyin
ularni kuchaytiradilar.
Marshrutizatorlar. Internetdagi ma'lumotlar oqimini boshqarishda muhim
ahamiyatga ega. Ularning vazifasi ma'lumotlar joylangan paketlarni har doim
kerakli yo`nalishda borishini ta'minlashdir. Agar ma'lumotlar bitta mahalliy
tarmoqqa tegishli kompyuterlar orasida uzatilsa, marshrutizatorlarning keragi
yo`q, chunki Hubning o`zi mahalliy oqimni boshqara oladi. Marshrutizatorlar
ikkita tarmoq orasida ma'lumot uzatilayotganda ishlay boshlaydilar.
Marshrutizatorlar paketlarni tekshirib, ularning oxirgi manzillarini aniqlaydi va
paketlarni
bu
manzilga
yaqinroq
boshqa
marshrutizatorga
uzatadi.
Marshrutizatorlarning ishlashi bilan quyida batafsilroq tanishib chiqamiz.
Yuqoridagi barcha qurilmalar ko`plab tarmoq-larni birlashtiradi va
bularning hammasi Internetni tashkil etadi. Korporativ mahalliy tarmoqlar eng
kichik tarmoqlardir. Ular birlashib, o`rtacha daraja-dagi tarmoqlarni tashkil
qiladi. Bir geografik xududda joylashgan tarmoqlar birlashib, mintaqaviy
tarmoqlarni tashkil etadi. O`z navbatida bu tarmoqlar ham birlashib, keng
hududli tarmoqlar (wide area network yoki qisqacha WAN)ni tashkil etadi. Bir
mintaqaviy tarmoq ichida ma'lumotlar marshrutizatorlar yordamida uzatilishi
mumkin. Lekin ma'lumotni bir mintaqaviy tarmoqdan ikkinchisiga uzatish kerak
bo`lsa, bu ma'lumot tarmoqning kirish nuqtasi (network access point yoki
qisqacha NAP)ga jo`natiladi. Bu nuqtadan ma'lumot magistrallar orqali katta
tezlikda ikkinchi mintaqaviy tarmoqning kirish nuqtasiga uzatiladi. Bu
magistrallarda ma'lumotlar 155 Mb/s va undan katta tezlikda uzatiladi. Hozirgi
142
kunda tezligi 10-20 Gigabit/s bo`lgan va multimedia koridorlari deb ataluvchi
magistrallar mavjud.