Sahifa fonini berish misoli


-mavzu. Qurilishda axborot texnologiyalarining tasnifi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə20/133
tarix02.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#137120
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Samarqand davlat arxitektura-qurilish-hozir.org

2-mavzu. Qurilishda axborot texnologiyalarining tasnifi.
Mavzu rejasi: 

2.1. Axborot va ma‘lumotlarning tavsifi.


2.2. Axborot mahsulotlari.
2.3. Axborotlarning tuzilishi, shakllari va turkumlanishi.
2.4. Axborotlarni o‘lchash.
2.5. Axborotning xossalari.

Tayanch so’z va iboralar: 
axborot, ma‘lumot, mahsulot, axborotning
tuzulishi, axborotning shakllari, axborotning turkumlanishi, axborotni o‘lchash,
axborotning xossalari, axborot mahsuloti.

2.1. Axborot va ma’lumotlarning tavsifi 

Ma‘lumot-bu data so‘zidan olingan bo‘lib, dalil(fakt) degan ma‘noni


bildiradi. Asos bu sonli, matnli yoki boshqa turdagi yozuv bo‘lishi mumkin.
Ma‘lumotlarni ifodalanish shakllariga qarab quyidagi turlarga ajratishimiz mum-
kin:

sonli(butun va haqiqiy tiplarda),

matnli,

grafikli,

tovushli,

signalli,

to‘lqinli.
Ma‘lumotlarni ko‘rinishiga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

baytli tip;

butunsonli tip(oddiy va ikkilamchi aniqlikda);

haqiqiy(oddiy va ikkilamchi aniqlikda);

satrli;

mantiqiy;

obyekt tipidagi.
Ma‘lumotlar tuzilishi bo‘yicha:

chiziqli,

jadvalli,

uerarxik.


Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy obyektlar,
shuningdek, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ta‘sirlaridan, ya‘ni jarayonlardan
tashkil topadi. Sezish a‘zolari, turli asboblar va hakozolar yordamida qayd
etilgan tashqi dunyo dalillari ma‘lumotlar deb ataladi. Ma‘lumotlar aniq
vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa –
axborot
ga aylanadi.
Demak ma‘lumotlar biror hodisa yoki jarayonni aniq aks ettirsa ya‘ni
ma‘lumotlar harakatga kelsa u inson faoliyati uchun zarur axborotga aylanadi


23


Bugungi kunda axborot texnologiyalarida eng murakkab savol, «axborot
bu o‘zi nima?» degan savolga javob berishdir. Aytishimiz mumkinki bu savolga
yagona javob mavjud emas. Bunday tushunchalar kontekstli(obyekt holatiga
qarab tarkibning o‘zgarishi) deb atalib, uning harakat darajasiga qarab shakli
o‘zgarib turadi. Axborot dinamik xarakterga ega bo‘lib, u faqatgina ma‘lumotlar
va usullar o‘zaro harakati paytida mavjud bo‘ladi. Qolgan barcha vaqt
oralig‘ida(harakatsiz holatda) u ma‘lumot holatida namayon bo‘ladi. Shunday
qilib axborot faqatgina axborotli jarayonlar amalga oshirilayotgan vaqtda
mavjud bo‘ladi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish
yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan:
Falsafada axborot inson ongiga ta‘sir etib, ob‘ektiv reallikni aks ettiruvchi va
harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisa to‗g‗risidagi
bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo‗llaniladi.

Axborot texnologiyalari fanida esa axborot jamiyat hayotida quyidagi


an‘anaviy qimmatli ashyolar neft, taabiy gaz va foydali qazilmalar qatorida u
ham jamiyatning qimmatli resursi bo‘lib hisoblanadi. Axborot va axborot
nazariyasi tushunchalarining paydo bo‘lishi 70 yillik tarixga borib taqaladi.
Axborot

olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlar


haqidagi xabar va ma‘lumotlardir. Axborotlar inson nutqida, kitobdagi
matnlarda, musavvir tasvirida, reklamalarda, yorliqlarda, taqdimotlarda,
muloqatlarda va boshqalarda mavjuddir.

«Axborot» so‗zi lotincha ―information‖ so‗zidan olingan bo‗lib, biror ish


holati yoki kishi faoliyati haqida ma‘lum qilish, xabar berish, biror narsa
haqidagi ma‘lumot, degan ma‘noni anglatadi. Yana bir ta‘rifda esa quyidagicha
izohlanadi.
Axborot(informasiya) so‘zi lotincha ―information‖ so‘zidan olingan bo‘lib,
tushuntirish, tavsiflash, bayon etish degan ma‘noni anglatadi. Inson axborotni
uni o‘rab turgan tabiatdan, tevarak atrofdan oladi. Shu bois, insonlar
axborotlarni qidirish, to‘plash va qayta ishlash uchun turli xil uskuna va
vositalardan foydalan-ganlar. Demak umumiy holda axborotga ko‘plab
ta‘riflarnini keltirish mumkin:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin