71
Bizning sohamiz qurilish va arxitektura bo‘lganligi uchun ushbu sohaga
talluqli hujjatlarni ushbu prosessorda tayyorlash ishlariga alohida e‘tiborni
qaratamiz. Endi prosessorning imkoniyatlarini ochib beramiz.
Dasturning ish sohasida biz dastlab o‘zimizga mos bo‘lgan shablonni
tanlab olamiz. Buning uchun ishchi oynaning quyi o‘ng tomonidagi shablonlar
uskunalari yordamida yoki menyuning
ВИД
bandiga kirib
Режимы прсмотра
документа
bo‘limidan foydalanib shablonni tanlaymiz. Razmetka stranisa
menyu bandiga kirib ishlov shablonlarini va qog‘oz o‘lchamlarini, holatini
Параметры страницы
bo‘limi yordamida o‘rnatamiz.
Колонки
buyrug‘i
orqali esa qog‘ozni bir nechta kolonkalarga ajratishimiz mumkin bo‘lib, shu
orqali taklifnomalar tayyorlash mumkin.
Вставка
menyu
bandi yordamida
muhim jadvallarni va ekspres jadvallarni o‘rnatish, tasvirlar, figuralar,
diagrammalar, yuqori va quyi zarvaraq(kolontitul)lar, varaqlarni raqamlash va
Титульная страница
bo‘limidan maxsus
tayyor shablonlarni olib
foydalanishimiz mumkin.
Qurilish sohasida ham matn prosessori qurilish-smeta hujjatlarini
tayyorlashda, turli hisobotlarni rasmiylashtirishda va tayyorlashda, Chizma
ishlariga izohlar yozishda,
turli formalarni tayyorlashda, ofis boshqaruvi
hujjatlari: farmoyishlar, buyruqlar, modemagrammalar, e‘lonlar, rekla-malar,
bayonnomalar, ish hujjatilarida
izohlar va tasvirlar, ma‘ruzalar va boshqa
turdagi rasmiy hujjatlarni tayyorlash va chop qilishda keng ko‘lamli qo‘llaniladi.
5.4. Elektron hujjatlarda axborot xavfsizligi
Elektron hujjat.
Elektron hujjat O‘zbekiston Respublikasining ―Elektron
hujjat aylanishi to‘g‘risida‖gi 2004(2015) yil Qonuniga binoan quyidagicha
ta‘riflanadi.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan
va elektron hujjatning uni identifikasiya qilish (tanib olish)
imkoniyatini
beradigan boshqa rekvizitlariga (ma‘lumotlarga) ega bo‘lgan axborot elektron
hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan
hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi
va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni
idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjatlarni almashish tizimida hujjat elektron ko‘rinishda
kompyuter, telekommunikasiya va Internet tarmog‘i orqali uzatiladi. Elektron
hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat)
yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi.
Elektron hujjat almashish
tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
Elektron hujjatda axborot xavfsizligi deganda biz nimalarni tushunamiz?
Bu savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin. Avvalom bor elektron hujjat
bu kompyuterda tayyorlangan va uning xotirasida yoki serverda yoki biror
72
ma‘lumot tashuvchilarda saqlanayotgan axborotdir. Uning xavfsizligini turli
yo‘llar bilan ta‘minlashimiz mumkin:
1.
Kompyuterning xavfsizligi ya‘ni uning tashqi xavflardan himoyalanganligi,
bularga adminstrativ himoya,
texnik himoya, parolli himoya va viruslardan
himoya.
2.
Kompyuterning xavfsizligi ya‘ni uning ichki xavflardan himoyalanganligi,
bularga kompyuter xonasiga begonalarning kirishi man etilganligi, ma‘lumot
tashuvchilar seyflarda saqlanishi va boshqalar.
Endi shulardan eng muhimlarini keltirib o‘tamiz, ya‘ni kompyuterda
doimiy ravishda virusga qarshi
dasturning ishlab turishi, saqlanayotgan faylga
parol kiritish, xona eshigida elektron qulf o‘rnatish.
Matn prosessorida terilgan hujjatga parol o‘rnatishning ikkita usuli
mavjud. Birinchisi terilgan xujjatni saqlash chog‘ida quyidagi buyruqlar ketma-
ketligi bajariladi:
Dostları ilə paylaş: