Sahifa fonini berish misoli


ko‘nikmalariga ega bo‘lishikerak



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə4/136
tarix26.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#136516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Samarqand davlat arxitektura-qurilish-hozir.org

ko‘nikmalariga ega bo‘lishikerak




5

1-mavzu. ―Qurilishda axborot texnologiyalari‖ fanining maqsadi va 


vazifalari
Mavzu rejasi: 

1.1.


Arxitektura va qurilishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari.
1.2.

Arxitektura va qurilish taraqqiyotida hamda jamiyat rivojida axborot


texnologiyalarining tutgan o‘rni.
1.3.

Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat.


1.4.

Axborotlashtirish sohasida me‘yoriy-huquqiy hujjatlar.




Tayanch iboralar va kalit so’zlar:
axborot, qurilish, texnologiya,
arxitektura va qurilish, axborot madaniyati, axborotlashgan jamiyat, me‘yoriy-
huquqiy hujjatlar.
1.1.

Arxitektura va qurilishda zamonaviy kompyuter texnologiya-
laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari.

Axborot texnologiyalari fani bugungi kunda dunyo xo‘jaligining barcha


sohalariga keng qamrovli kirib bordi. Jumladan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining muhim ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan arxitektura va qurilish
sohasida ham axborot texnologiyalarining tadbiqi muhim ahamiyat kasb etib
bormoqda. Shu bois «Qurilishda axborot texnologiyalari» fanini mazmun
mohiyati va maqsadi hamda vazifalarini atroflicha ko‘rib o‘tamiz.
«Qurilishda axborot texnologiyalari» fanining asosiy mohiyati va maqsadi
- bu qurilish sohasiga doir barcha ishlar (loyihalash, smeta ishlari, arxitekturaviy
yechimlarini ishlab chiqish, materiallarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish,
materiallarni mustahkamlikka sinash, bino va inshootlarning interer va ekstriyer-
larini ishlab chiqish, qurilish sohasiga oid kommunal to‘lovlarni va servis
xizmatlarini avtomatlashtirish, ularni boshqarish va boshqa shu kabilar)ni
kompleks tarzda avtomatlashtirishdan iboratdir.
Axborot texnologiyalari o‘z tarkibiga barcha turdagi texnologiyalarni
qamrab olishi bilan aniqlanadi, jumladan axborotlarni saqlash, uzatish va qayta
ishlashda qo‘llaniladigan dasturiy va apparatli vositalar hamda nusxalovchi
apparatlar, fakslar va mobil telefonlar kabi qurilmalarni ham qamrab oladi [1].

Information technology is defined to include all kinds of technology used 
for the storage, transfer and manipulation of information, thus also including 
devices such as copying machines, faxes and mobile phones.(Bo-Christer Björk. 
International Journal of Computer Integrated Design And Construction, SETO, 
London. Volume 1, Issue 1, May 1999 pp. 1-16). 
«Qurilishda axborot texnologiyalari» fani Respublikamizda xalq ta‘limi
tizimi maktab dasturlarida va akademik lisey hamda kasb-hunar kollejlari
tizimida o‘rgatiladigan «Informatika», «Axborot texnologiyalari» fanlarining
uzviy davomi bo‘lib, o‘quvchilarning ushbu fanni oliy ta‘limgacha bo‘lgan
davrda qay darajada o‘zlashtirishi natijasida olgan bilimlariga asoslanadi. Shuni


6

alohida ta‘kidlash joizki o‘quvchilarning shaxsiy kompyuterlardan, ma‘lumotlar


bazalaridan, elektron jadvallardan, lokal va global hisoblash tarmoqlaridan qay
darajada foydalana olishi va o‘lashtirganligi bazasi asosida turli zamonaviy
axborot texnologiyalarini o‘rganganligi ko‘nikmasiga tayanadi.
«Qurilishda axborot texnologiyalari» fani hali ancha yosh sohalardan bo‘lib,
uni rivojlantirish uchun ko‘plab ilmiy tadqiqot va nazariy ishlar amalga oshiril-
moqda. Kelgusida fanning bu yosh sohasi o‘zining mustahkam o‘rnini topib
olishi va turli qurilish inshootlarini loyihalash va hisob ishlarini amalga
oshirishda axborot texnologiyalarining turg‘un o‘rnini mustahkamlash
maqsadida uning uslubiy jihatlarini izchillik bilan rivojlantirishni taqoza etadi.
«Qurilishda axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish jarayonida talabalar
zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o‘zlashtirgan holda o‘z yo‘nalishlari
bo‘yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko‘nikmalarini hosil
qilishi kerak.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin