Matnni kompyuter ekraniga kiritish.
Matnni tahrir qilish.
Matnli faylni printerda kerakli nusxada chop qilish.
70
Bloknot
-bu uncha murakkab bo‘lmagan matnli redaktor bo‘lib, oddiy
tuzilmali hujjatlarni yaratish uchun qo‘llaniladi. Bloknot dasturini ko‘pgina
hollarda foydalanuvchilar web sahifalar tuzish uchun oddiy instrument sifatida
qo‘llaydilar.
Bu dastur yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengeytmali) fayllarni
yaratishimiz va tahrirlashimiz mumkin. Bu dasturda
hamma matn bitta harflar
shrifti (shakli) bilan va bitta o‘lchamda (kattalikda) yoziladi, rasm va jadvallar
bilan ishlash imkoniyatlar yo‘q.
Standart dasturlarning yana biri bu - WordPad dasturidir. Uning
yordamida esa murakkabroq (doc, txt, wri, rtf kengeytmali) matnli fayllarni
yaratishimiz mumkin. Bu dasturda matn har xil harflar shrifti(shakli), har xil
o‘lchamda(kattalikda) va har xil ko‘rinishida yoziladi, rasmlar bilan ishlash
imkoniyat bor. Lekin jadvallar bilan ishlash imkoniyati yo‘q.
Bulardan eng universal va ommabopi bu MS Office dasturlari tarkibiga
kiruvchi MS Word dasturidir.
Word yordamida ixtiyoriy ko‘rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatda
tayyorlash mumkin. Word, Microsoft Office tarkibiga kiruvchi boshqa dasturlar
kabi ko‘p oynali dastur hisoblanadi. Foydalanuvchi bir vaqtda bir nechta oynada
alohidi-alohida matnli hujjatlarni tayyorlashi, ularni qo‘shish, bipidan
ikkinchisiga kerakli joyni olib ko‘chirish, matn yoniga tasvir tushirish,
harflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin,
MS Word - ayrim "kamchiliklar" dan ham holi emas. Masalan: matematik
ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda qiyinchiliklar mavjud.
Bundan
tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal
muqovalari) materiallarini tayyorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Shunday qilib, Word matn prosessori ko‘magida rus, o‘zbek, ingliz va
boshqa tillarda har xil hujjatlar, xat, hisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir
turkum matnli ma‘lumotlarni zudlik bilan tayyorlash va chop qilish mumkin.
Bu matn prosessori yordamida o‘zbek shriftida (kirill
alifbosiga q,g‘,h,o‘
harflarini qo‘shish nazarda tutilmoqda) va lotin alifbosi asosida, o‘zbek tilida
har xil ma‘lumotlarni ham osonlik bilan tayyorlash mumkin.
Ushbu prosessor yordamida uning buyruqlari va uskunalaridan foydalanib
turli darajadagi oddiy va murakkab hujjatlarni tayyor-lashimiz mumkin. Uni
elektron ko‘rinishda shakllantirish uchun xotiraga yoki ma‘lumot tashuvchiga
saqlashimiz kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: hujjatni
fayl ko‘rinishida saqlash uchun Office tugmachasini ochib soxranit yoki soxranit
kak… buyruqlari yordamida biror manbaga saqlaymiz. Agarda biz hujjatimizni
parollab qo‘yadigan bo‘lsak
yana Office tugmachasini ochib, zashifrovat
dokument buyrug‘ini ishga tushiramiz va parolni tayinlaymiz(kiritamiz) va uni
saqlaymiz.
Dostları ilə paylaş: