Sahifa fonini berish misoli


Matn protsessorlari yordamida murakkab, rasmiy va elektron



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə57/136
tarix26.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#136516
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136
Samarqand davlat arxitektura-qurilish-hozir.org

5.2. Matn protsessorlari yordamida murakkab, rasmiy va elektron 
hujjatlarni shakllantirish 

Kompyuterlarda ishlovchi har bir foydalanuvchi(mutaxassis) o‘z ish


faoliyatida matnli ma‘lumotlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunday
vaziyatda u kompyuterlarda mavjud bo‘lgan zamonaviy matn muharrirlaridan
birida ishlashni bilishi lozim.

Matnli hujjatlar dunyosi faqat kitob, jurnal va gazetalardan iborat


bo‘lmay, balkim qog‘ozga chop qilingan ixtiyoriy hujjatlar, ya‘ni taklifnomalar,
e‘lonlar, reklamalar, hisobotlar, bibliotekadagi kataloglar va boshqa-
boshqalardan ham iborat bo‘lishi mumkin.

Matn
prosessori


bilan ishlayotgan har bir foydalanuvchi asosan
quyidagilarni bilishini taqozo qiladi:

Matnni kompyuter ekraniga kiritish.


Kiritilgan matnni diskda fayl ko‘rinishida saqlash hamda diskda


saqlangan fayldan foydalanish zaruriyati tug‘ilganda, uni xotiradan
ekranga chaqirish.

Matnni tahrir qilish.


Matnli faylni printerda kerakli nusxada chop qilish.


Matn prosessorlari matnli hujjatlarni yaratish va ularga ishlov berish


uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlar majmuasidir. Matn redaktorlari matnlar
bilan oddiy amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Bunday dasturlarga misol
sifatida LaTex, PageMaker, Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi
standart dasturlardan WordPad, Blaknot dasturlarini keltirishimiz mumkin.


70



Bloknot
-bu uncha murakkab bo‘lmagan matnli redaktor bo‘lib, oddiy
tuzilmali hujjatlarni yaratish uchun qo‘llaniladi. Bloknot dasturini ko‘pgina
hollarda foydalanuvchilar web sahifalar tuzish uchun oddiy instrument sifatida
qo‘llaydilar.

Bu dastur yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengeytmali) fayllarni


yaratishimiz va tahrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matn bitta harflar
shrifti (shakli) bilan va bitta o‘lchamda (kattalikda) yoziladi, rasm va jadvallar
bilan ishlash imkoniyatlar yo‘q.

Standart dasturlarning yana biri bu - WordPad dasturidir. Uning


yordamida esa murakkabroq (doc, txt, wri, rtf kengeytmali) matnli fayllarni
yaratishimiz mumkin. Bu dasturda matn har xil harflar shrifti(shakli), har xil
o‘lchamda(kattalikda) va har xil ko‘rinishida yoziladi, rasmlar bilan ishlash
imkoniyat bor. Lekin jadvallar bilan ishlash imkoniyati yo‘q.

Bulardan eng universal va ommabopi bu MS Office dasturlari tarkibiga


kiruvchi MS Word dasturidir.

Word yordamida ixtiyoriy ko‘rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatda


tayyorlash mumkin. Word, Microsoft Office tarkibiga kiruvchi boshqa dasturlar
kabi ko‘p oynali dastur hisoblanadi. Foydalanuvchi bir vaqtda bir nechta oynada
alohidi-alohida matnli hujjatlarni tayyorlashi, ularni qo‘shish, bipidan
ikkinchisiga kerakli joyni olib ko‘chirish, matn yoniga tasvir tushirish,
harflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin,
MS Word - ayrim "kamchiliklar" dan ham holi emas. Masalan: matematik
ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda qiyinchiliklar mavjud. Bundan
tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal
muqovalari) materiallarini tayyorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Shunday qilib, Word matn prosessori ko‘magida rus, o‘zbek, ingliz va
boshqa tillarda har xil hujjatlar, xat, hisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir
turkum matnli ma‘lumotlarni zudlik bilan tayyorlash va chop qilish mumkin.
Bu matn prosessori yordamida o‘zbek shriftida (kirill alifbosiga q,g‘,h,o‘
harflarini qo‘shish nazarda tutilmoqda) va lotin alifbosi asosida, o‘zbek tilida
har xil ma‘lumotlarni ham osonlik bilan tayyorlash mumkin.

Ushbu prosessor yordamida uning buyruqlari va uskunalaridan foydalanib


turli darajadagi oddiy va murakkab hujjatlarni tayyor-lashimiz mumkin. Uni
elektron ko‘rinishda shakllantirish uchun xotiraga yoki ma‘lumot tashuvchiga
saqlashimiz kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: hujjatni
fayl ko‘rinishida saqlash uchun Office tugmachasini ochib soxranit yoki soxranit
kak… buyruqlari yordamida biror manbaga saqlaymiz. Agarda biz hujjatimizni
parollab qo‘yadigan bo‘lsak yana Office tugmachasini ochib, zashifrovat
dokument buyrug‘ini ishga tushiramiz va parolni tayinlaymiz(kiritamiz) va uni
saqlaymiz.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin