9.1.
Mathcad dasturida oddiy hisoblashlar.
Mathcad dasturida grafiklar.
107
FineReader dasturining asosiy vazifasi ma`lumotlarni
skaner qilish,
undagi ob`ektlarni
aniqlash, tahrirlash va uzatishdir.
Skanerlangan ma`lumotlar turlicha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni
ob`ekt deb olsak ularni aniqlash va tahrirlashda FineReader dasturidan
foydalanamiz. Ob`ekt sifatida olingan ma`lumotlar oddiy matn, rasm,
sxema
yoki jadval ko`rinishida bo`ladi.
FineReader dasturining avfzalligi shundaki u turli ob`ektlarni aniqlaydi va
bir – biridan ajrata oladi. Ob`ektlar aniqlangan so`ng uni Office dasturlaridan
biriga uzatish imkoni ham mavjud.
FineReader dasturini ishga tushirish uchun (albatta dastur o`rnatilgan
bo`lishi shart) «Pusk» menyusining «Programmi» bo`limiga kirib ABBYY
FineReader Corporate Edition buyrug‘ini tanlaymiz. Dastur oynasining umumiy
ko`rinishi quyidagicha:
34-rasm. FineReader dasturi oynasi.
FineReader dasturi oyna ko`rinishini 4 qismga ajratamiz:
1. Menyular satri – u fayl, pravka, vid va
boshqa menyulardan tashkil
topgan bo`lib, tarkibida dastur bilan ishlash uchun mo`ljallangan (yangi paket
ochish, xotirada saqlash,
skanerlash, uzatish va boshqa ko`plab) buyruqlar
mujassamlashgan (2-rasm).
35-rasm. FineReader dasturi menyusi.
2. Uskunalar oynasi – bir nechta uskunalardan tashkil topgan bo`lib,
menyu tarkibiga kirgan buyruqlarni tezda bajarish uchun oynaga alohida
108
chiqarib qo`yilgan. Ushbu uskunalardan
foydalanib yangi oyna ochish,
ob`ektlarni 90
0
chapga yoki o`ngga burish, skaner qilishda tilni tanlash, skaner
qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, ma`lumotlarning xatoliklarini tekshirish,
uzatish va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin (3-rasm).
36-rasm. Uskunalar oynasi.
3. Skanerlangan ob`ektlarning eskizlari – bunda skanerlangan
ma`lumotlar bet, yan`i eskiz ko`rinishida oynaning chap qismida hosil bo`ladi.
Shu erdan turib ixtiyoriy betga o`tish, bir nechta betlarni belgilab olish, undagi
ob`ektlarni aniqlash va boshqa amallar bajariladi.
eskizda tanlangan bet
dasturning asosiy ishchi oynasida kattalashgan holda hosil bo`ladi va undagi
ob`ektlarni taxrirlash imkoni tug‘iladi .
4. Asosiy ishchi oyna – unda skanerlangan ma`lumot hosil bo`ladi.
Oynada ichki uskunalar paneli mavjud bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni
turli ko`rinishlari (tekst, rasm, jadval) belgilab olinadi va ob`ekt sifatida
aniqlanadi. Buning uchun ma`lumotga mos ob`ekt turi tanlanadi.
Masalan
ma`lumotimiz tekst bo`lsa uskunalar panelidan yashil rangdagi T harfini tanlab
ishchi oynadagi tekst ajratilib belgilanadi. Shu tarzda skanerlangan barcha
betlardagi ma`lumotlarni eskizlar oynasidan tanlab, undagi ob`ektlarni
asosiy
ishchi oynada uskunalar paneli yordamida ajratib belgilab chiqiladi (5 - rasm)
Broydo V. L. Ofis texnikasi: Boshqarish va ish yuritish uchun. T.: «Mehnat»,
2001.
.
37-rasm. Asosiy ishchi oyna.
Acrobat Redear va Fotix Redear dasturlari ham asosan pdf kengaytmali
fayllarni ko‘rish va ochish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: