Саҳифа бети


ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁН ТАВСИФИ TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#140633
1   2   3   4   5
Сагидуллаев Асадбек МДЭА Десорбер

ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁН ТАВСИФИ

TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI




Nordon gazlardan tozalash qurimasi (500-zona)


Gazni vodorod sulfiddan tozalash siklik absorbsiya usulida olib borilib, bunda metildietanolaminning 30-40%li suvli eritmalari vodorod sulfidni yutuvchi sifatida ishlatiladi.
MDEAning shu maqsadda keng ishlatiladigan alkanolaminlar, monoetinolamin va deetinolaminga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • vodorod sulfidni aralashmasidan ajratishda yuqori selektivlikka (tanlab ajratishga) ega.

  • sistemada aylanib yuruvchi eritma kichik hajmda bo‘ladi.

  • eritma regeneratsiyasi uchun suv bug‘ining solishtirma sarfi kam.

  • uglerodli po‘latga eritma kam ta’sir etadi, ya’ni zanglash xususiyati kam.

  • uncha yuqori bo‘lmagan ko‘piklanishga moyillik.

Siklik jarayon mohiyati shundan iboratki, bunda gaz MDEA eritmasi bilan yuboriladi, so‘ngra eritma regeneratsiya qilinadi va yana u yuvish bosqichiga (absorbsiyaga) qaytariladi.
MDEAga vodorod sulfidning va karbonat angidridning absorbsiyasi quyidagi kimyoviy reaksiyalar bilan uzatiladi.


(1)
(2)
2-tenglama karbonat angidridning MDEA bilan o‘zaro ta’sirining umumiy reaksiyasi bo‘lib, u bikarbonat hosil bo‘lishi bosqichidan:


va neytrallash bosqichidan iborat:



1-reaksiya amaliy jihatdan bir zumda yuz beradi.
- ning hosil bo‘lishi juda sekin yuz beradigan reaksiya bo‘lib, u 2- reaksiya bo‘yicha ning MDEA bilan bog‘lanish tezligi yig‘indisini nazorat qiladi.
Ma’lumki, gaz aralashma komponentlarining suyuqliklarga absorbsiya tezligi shu komponentlarning ikki faza – gaz va suyuqlik aralashmasi tezligi bilan aniqlanadi.
Bunda, agar va ning gaz fazasidagi almashinish tezligi o‘zaro yaqin bo‘lsa, ularning suyuqlikdagi almashinish tezligi ko‘proq 1- va 2-kimyoviy reaksiyalarda boradigan absorbsiya tezligi bilan aniqlanadi. Shu sababli 1- va 2- reaksiyalar tezligi juda katta bo‘lishiga qaramasdan va ning MDEA eritma bilan umumiy absorbsiya tezligi unchalik darajada bo‘lmasa ham, ning tezroq yutilishi bilan farqlanadi.
Shu tariqa, ushbu holatda gaz tarkibida qatnashgan gazdan ni tanlab ajratishga erishish mumkin. Bunda absorber shunday o‘lchamlarga ega bo‘lishi lozimki, ya’ni gazning unda bo‘lish vaqtini ta’minlay olishi, amaliy jihatdan umumiy vodorod sulfidning yutishni ta’minlay olishi, karbonat angidridning katta miqdordagisini ajratib olishga mo‘ljallanmagan bo‘lishi kerak. Tanlab yutuvchi sifatida MDEA bug‘ining afzalligi ayniqsa, : nisbati
1 bo‘lgan kam oltingugurtli gazlarni tozalashda kuzatiladi.
Uglevodorod gazlarini quritish, gaz quvurlari magistrali bo‘ylab tashiladigan tabiiy gazni tayyorlash jarayonidagi asosiy bo‘g‘imlardan hisoblanadi.
Quritish darajasi gaz sifatiga qo‘yiladigan talablar va gazni keyingi qayta ishlash texnologik jarayonlari bilan aniqlanadi.
Xom-ashyo 400-zonadan keladigan etan fraksiyasi bo‘lib V-1403 vertikal separatoridan kelayotgan etan gazini sovutish kamerasining E-1306 dan o‘tib
o‘rnatilgan mahsus nazoratchi klapani PV-15105 orqali harorati 22 dan yuqori bo‘lmagan 2386 kPa bosim ostida ga C-1501 absorbsion kolonnaning pastki sloy qismidan beriladi.
C-1501 Absorber silindrik vertikal joylashgan kolonna apparat turi bo‘lib ichki qismi kombinatsiyalangan moslamalar o‘rnatilgan qurilmadir. Absorberda to‘rt qavatli nasadka o‘rnatilgan. Kolonnaning o‘rta qismi absorbsiya jarayonini olib borish uchun muljallangan, yuqori qismi esa etan gazini yuvish uchun muljallangan. Kolonnaning o‘rta qismida uch qavat taqsimlovchi tarelka va uch qavatli RASCHIG SUPER –RING#2 marakali nasadkalar o‘rnatilgan va 304 zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib, har bir qatlam 7,3 m3 ni tashkil etadi. Kolonnaning pastki qismi ham to‘rt qavat; RASCHIG SUPER –RING#3 markali 304 zanglamaydigan po‘lat metalli nasdkalar o‘rnatilgan, hajmi esa 1,2 m3 tashkil qiladi. Apparatning yuqori qismida to‘rta suv bilan yuvish likobchalari o‘rnatilgan bo‘lib ulardan uchta’si qalpoqchali bitta’si pastki tomchi ushlab qoluvchi berk likobchadir. Apparatning yuqori qismida, gazning kolonnadan chiqish joyida tomchi ushlab qolish moslamasi (demister) o‘rnatilgan. Nordon gazli C-1501 absorberiga etan gazi uch qavat nasadka orqali absorberning quyi qismidan yuqoriga, yuqoridan esa pastga tashuvchi 45% li MDEA eritmasi bilan o‘zaro ta’sir etib birga harakatlanadi. Bu qurilmaning ishlashi prinsipi Djoul Tomson drossel effekti natijasida bosimlar farqiga asoslangan.
Drossellash - gazni ventil, drossel teshiklari orqali o‘tishida bosimdan pasayishi (adiabatik jarayon Y=const). Real gazlarda drossellashda molekulalar ichki o‘zaro ta’sir kuchlariga qarshi ish bajarishi va hajmiy energiya o‘zgarishi hisobiga gazdan ichki energiyasi va temperaturasi o‘zgaradi (pasayadi). Natijada bir qism uglevodorodlar va suv bug‘lari kondensatsiyalanadi.
Absorbsion quritish jarayoni temperaturaga bog‘liq. 15-150 0C bo‘lishi kerak. SHuning uchun pech va havoli sovutkich o‘rnatiladi. Absorbent 70-85% glikol eritmasi.

  1. Absorber xarajatlari adsorberga nisbatan 3-4 marta kam.

  2. Jarayon uzluksiz.

  3. Absorber sarfi kam.

  4. Absorbent xizmat muddati va narxi adsorbentga nisbatan arzon.

  5. Qurilma kompakt, engil va ko‘chma.

Etan gazi taqsimlovchi va yuvuvchi suv bilan 43 harorat 76196 kg/soat metildietanolaminning suvli eritmasi bilan birga qurilmaga kiradi (MDEA). SHunday qilib Mineralsizlantirilgan suv, nordon gaz absorber C-1501 eng yuqori qismidan beriladi va u pastga qarab tomchilab tushadi, jarayon yopiq aylanma tizimida olib boriladi. Ishdan maqsad etan gazini MDEA bilan yuvib tozalashdir. Sirkulyasiya jararayonida suv bilan yuvib turish uchun P-1503A/B nasos taminlab turadi.
markazdan qochma kuch ta’sirida, galma-gal ishlaydigan nasos. Mineralsizlantirilgan suv C-1501 NORDON GAZLI absorberiga FIC- 15151 to‘g‘irlagich orqali kiradi. Absorberdan chiqayotgan paytda esa mahsus klapan FV-15151 o‘rnatigan. C-1501 nordon gazli absorberining to‘rtinchi tarelkasida mahsus mineralsizlantirilgan suvni me’yorini o‘lchchovchi LV-1507 klapininin orqali o‘tuvchi LIC-15107 TO‘G‘IRLAGICH moslama o‘rnatilgan. Bu moslama sirkulyasiyalovchi P- 1503 nasosdan keyin o‘rnatilgan bo‘ladi, bundan o‘tib to‘yingan eritmadan yutilgan nordon komponentlar desorberning S shaklidagi tarelkasida eritmaning bug‘latgich olgan suv bug‘i kondensatsiyasi issiqligi hisobiga ajralib chiqadi. Eritma bu joyda 125 0C haroratgacha isiydi. MDEAning regeneratsiyalangan eritmasi setkasiz tarelka ostida desorberning quyi qismiga oqib tushadi. Desorbsiya reaksiyasi issiqlikning yutilishi bilan boradi, bu jarayonning endotermikligini bildiradi.
Desorbsiya jarayoni kolonna ko‘rinishidagi apparatda – desorberda amalga oshiriladi. Desorbsiya reaksiyasi bosimning pasayishi va temperaturaning ko‘tarilishi hisobiga boradi.
Aminni bug‘lash kolonnasi o‘zgaruvchan kesimdagi kolonna turidagi vertikal silindrik apparat bo‘lib, MDEA ning to‘yingan eritmasidan nordon (kislotali) gazlarni desorbsiyalash (ajratib olish) uchun mo‘ljallangan.
Apparat FLEXIMAX400 markali nasadkaning uch qatlami, ikki ajratish likopchasi, suyuq fazani quyib olish moslamasi bilan jihozlangan.
C-1502 aminni bug‘lash kolonnasida MDEA ning to‘yingan eritmasi kolonnaning kub qismiga oqib tushuvchi suyuq fazaga va apparatning yuqori qismiga chiqariladigan gaz fazasiga ajraladi.
Nordon (kislotali) gazlarni desorbsiyalash (ajratib olish), MDEA eritmasining temperaturasini ko‘tarish hisobiga, uzluksiz amalga oshiriladi.
Kolonna yuvish qismidagi bosim farqini PDI-15102 Indikatori yordamida o‘lanadi.Bosimlar farqi uchun signalizatsiya o‘rnatilgan.
sirkulyasiyalovchi nasosdan 42 2349
truboprovodalardan yuvuvchi suv nazorat uchun SC-15021 moslamasida olinib laboratoriya bo‘limiga yuboriladi. Sistemadagi V-1505 Yomkostlar hamda P- 1508 nasoslardan o‘tayotgan mineralsizlantirilgan yuvuvchi suv to‘ldirib turiladi va nazoratda bo‘ladi.
V-1505 bug‘ bilan qizdirilib turiladigan vertikal joylashgan silindrsimon yomkost turi. Ushbu korpus apparatini qizdirib turish uchun umumiy zavod tarmog‘idan past bosimli bug‘ berib turiladi. Bu yomkostga mineralsizlantirilgan suv (OZX) tarmog‘ida joylashgan LIC-15151 yomkostidan darajasi o‘lchangan holda LV-15151 To‘g‘irlagich klapini orqali beriladi. Ushbu yomkostdagi meyor esa LG-15152 urovnomer yordamida o‘lchanadi. Bosim ko‘rsatkichi esa monometr PG-15156 yordamida o‘lchanadi. Berilayotgan suv bug‘i tarkibini tekshirish uchun SC-15022 PRIBORIDA olinib laboratoriyada analiz qilinadi. Gaz yostiqchasi sifatida azot ishlatiladi. Yomkost ichidagi bosimni ushlab o‘rnatilgan. Bu mahsus klapinni himoya qilish uchun klapindan oldin mexanik filtr STR-15023 o‘rnatilgan. Berilayotgan azot bosimini PG-15155 MONOMETR yordamida o‘lchanadi. Yomkostdagi suv mahsus yo‘lakchali drinajga bushatiladi. Bu jarayon P-1503A/B dan keyin P-1508A/B yordamida amalga oshiriladi.
mujassamlashtirilgan hajmli galma-gal ishlaydigan nasos. Yomkostga kiradigan yuvuvchi suv so‘ruvchi kollektor nasos orqali kiradi. So‘rilish yo‘lagida himoya uchun mahsus mexanik filtr STR-15022A/B
o‘rnatilgan. Ushbu nasos 3105 kPa bosimda ishlaydi. Bu jarayon doimiy holatda C-1501 Absorberga 40 da 2411 kPa bilan birgalikda harakatda uzatib turadi.
C-1501 absorberida nordon komponentlar tozalangan harorati 42 dan yuqori bo‘lmagan chiqayotgan etan gazi tomchi tutgich orqali MDEA tarkibida qolgan komponentlarni ajratish uchun 42 da 2349 kPa da V-1502 vertikal separatorga jo‘natiladi.
C-1501 da tozalanib chiqayotgan etan gazi harorati va bosimi mahsus indikatorlar TI-15101 va PI-15101 ko‘rsatkichi yordamida kuzatilib turiladi. Absorberdan tozalanib chiqqan etan gazi truboprovodlardan chiqishida mahsus nazoratchi klapinlar o‘rnatilgan.xuddi shu joyning o‘zida himoya klapinlari ham mavjud. Bu joydagi mavjud bosim 3040 kPa bo‘ladi.
C-1501 absorberidan tozalanib chiqqan etan gazi rostlagich klapinidan keyin chiqish qismida AI-15201 analizator o‘rnatilgan. Bu analizatorning vazifasi gaz tarkibidagi dioksid uglerod qoldig‘ini tekshirishdir. Tozalangan etan gazi tarkibidagi uglerod dioksidi maksimal konsentratsiyasi korsatkichi signalizatsiyada kurib chiqiladi.
Separator V-1502 tomchi tutgich o‘rnatilgan vertikal joylashgan silindrsimon yomkost tipli apparat. Separatorning pastki qismini umumiy zavod tarmog‘idagi past bosimli bug‘ yordamida qizdirish kuzda tutiladi.
Separatordagi bosimni tushib ketmasligi uchun PG-15202 monometr mavjud. Bu erda zichliklarni turlichaligi hisobidan fazalar ajralishi ro‘y beradi.Separatordagi kub suyuqligi LV-15203 klapini orqali LIC-15203 nazoratchi yordamida nazorat qilinib Desorber kolonnasiga beriladi. SHu joyni o‘zida LG-15202 daraja kuzatuvchi o‘rnatilgan. Datchiklarga mahsus signalizatsiyalar o‘rnatilgan bo‘lib ular uchta LT-15201A/B/T lardir. Bundan tashqari mobodo datchiklarda me’yor ortib ketguday bo‘lsa mahsus I-1504 blokirovka moslamasi ham o‘rnatilgan.
Separatorning yuqori qismidan chiqayotgan etan gazining haroratini TI-15201 indikatori yordamida o‘lchanadi. Etan mahsulotini chiqishini FI-15201 KO‘RSATKICHI orqali kuztilib turiladi. Separatorning yuqorisidan chiqayotgan
etan mahsuloti bir-biriga yaqin bo‘lgan etilen sexiga qayta ishlash uchun jo‘natiladi.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin