1-savol:
Salohiddin Toshkandining "Temurnoma" asarida Sohibqironing aqli janglarda ko'p qo'llaganligi yoziladi.
Yoz oylari oxirida Tumur qo'shini Moskva shaxrini qamal qiladi 40 darvozali qo'rg'onlari toshdan yasalgan shaharga kirish uchun qo'rg'on tepasiga o'rnatilgan to'plar hala berar edi bir necha hujumlar samara bermagach Sohibqiron bir oz chekinib kutishni buyuradi 15-20 kunlardan keyin ular kutgan kun keladi va Sohibqiron hujum uyushtirib uni qo'lga kiritadi.
Diqqat savol: Amir Temur qaysi vaqitni kutgan?
Javob:
Yomg'ir yog'ishini
2-savol:
Alisher Navoiy o'zining "Sabbai-sayyor" asarida X ning mash'ali jahonni kuydurguvchi, yorituvchi deya tariflagan.
Diqqat savol: X deb nima nazarda tutilmoqda?
Javob:
Yur (oraz)
3-savol:
BLITS
1) Yon qoʻshnilarimiz mahallamizga yaqinda ko'chib kelgandi. Tagi zoti shu yerlik bo'lgan mahalladoshlarim bu oilani nazar-pisand qilmay bir laqab qo'yishibdi. Bir mashhur asarda qaynona kelinga shunday ta'rif berishini hisobga olgan holda, quyida mahalladoshlar qo'ygan laqabni ayting.
2) Asalni emallangan idishga solib, olovda qizdirdim va u quyulib qolmasligi uchun tinmay kavlab turdim. So'ng olovdan olib sovutdim va oz-ozdan shakar uni (pudrasi) qo'shib quyuq holga keltirib, kichik-kichik kulchalar yasadim. Ushbu mahsulot nima deb ataladi.
3. O'zi uchun yo'lchi yulduz deb hisoblagan rus klassik yozuvchisi Lev Tolstoyning: har qanday jaholatga qarshi kuch islatmaslik kerak, degan g'oyasini dasturul amal qilib butun dunyoga mashhur bo'lgan ushbu shaxs, keyinchalik huddi shu g'oyasini hatto Gitlerga ham taklif qiladi. Ushbu shaxs kim?
Javob:
1 Andi.
2 Kandi.
3 Gandi.
Andi Boshqa joydan kelib oʻrnashib qolgan; kelgindi.
"O'tgan kunlar "asarida O'zbekoyim Kumushbibini shunday deb Atagandi esingizdadir.
Kandi - asalarilar uchun yegulik.
Mahatma Gandi uning gʻoyalari jaholatga qarshi kuch ishlatmaslik toʻgʻrisida edi. Gandi 1939-yilda Adolf Gitlerga yozgan maktubida Gitlerni “Qadrli do‘stim” deya boshlar ekan “siz bo‘lajak urushni va uning qurbonlarini saqlab qolishga qodir insonsiz” deya maslahat beradi.
4-savol:
Bir o'zbek asarida nafaqadagi organ hodimi o'g'liga shunday dakki berardi: "Sen tug'ilganingda juda xursand bo'lganman va "Karl Marks, Friedrix Engels, Vladimir Lenin, Josef Stalin" shularga o'xshab yursin deb ismingni ".........." deb qo'yganman".
Savol: O'g'ilning ismini toping.
ᴊᴀᴠᴏʙ:
MELS
ɪᴢᴏʜ: Bu ism, familiyalar bosh harfalaridan olingan, yani Marks, Engels, Lenin, Stalin.
5-savol:
"Yulduzli tunlar" asarida qadimda eshikning kirish tomoniga olov naqshi tushirilishi haqida ma'lumot beriladi. Savol nega aynan olov naqshi chizilgan?
Javob:
Olov eshikdan keladigan yomonliklarni yo'q qiladi deb ishonishgan!
6-savol:
Bola tarbiyasida u qoralangan, Oʻz kelajagimiz uchun zarardir. Tohir Malik "Alvido bolalik" asarida esa Uni dard deganlar va bu dard boʻlmaganida qanchadan-qancha odam jinoyat jari yoqasida toʻxtatib qolinardi deb taʼkidlangan.
Mantiqan oʻylab U nima ekanini ayting.
Javob: Loqaydlik.
7-savol:
"Fargʻona tong otguncha" asarida Uni «Koʻngilning dogʻini har nedan ortiq yuvadi» deyiladi, ammo koʻpchilik uni ojizlik belgisi hisoblaydi.
Oʻzbek ayollarini juda xursand boʻlganda ham xafa boʻlganda ham undan foydalanishlari maʼlum. Bir marosim borki U siz oʻtmaydi. Siz menga oʻsha marosim nomini ayting.
Javob: Aza marosimi.
8-savol:
"Layli va Majnun" asarida majnunga shunday dedilar: "Layli juda hurliqo emas, shahrimizda undan chiroyli yuz minglab qizlar bor.
Majnun shunday javob berdi: "Surat - bu qadah, X - sharob. Alloh menga uning suratidan sharob ichirmoqda..."
D.s: X ni bir so'zda ayting.
Javob: Go'zallik
9-savol:
Taniqli yozuvchi Robin Sharmaning "O'lsang kim yig'laydi" asarida qadimgi bir sharq maqoli keltirib o'tilgan. Unga ko'ra hayot yaxshi o'tishi uchun 3 ta narsa kerak bo'lar ekan: o'g'il o'stirish, kitob yozish va BU ISH. Agar shu 3 ish bajarilsa, odam o'zidan keyin uzoq yashaydigan shu 3 ta merosni qoldirgan bo'lar ekan.
Savol: BU ISHni 2 so'zda yozib bering?
Javob:
Daraxt ekish.
10-savol:
"Farzandlarga maktublar" asarida keltirishicha, bu ishning foydasi haqida shunday yozadi. Bu narsa yoshlarga ma'naviy oziq bersa, keksalarni xushnud etadi, baxtli onlar hadya etadi, qiyin damlarda ko‘ngilga taskin beradi, yupatib orom bag‘ishlaydi, uyda hordiq, safarda esa sodiq hamroh bo‘ladi; tunlari biz bilan kechadi, ishimizda ham ko‘makchi, og‘irimizni yengil qiladi..."
Sitseron bu ish deganda nimani nazarda tutgan?
Javob:
Kitob o'qish.
11-savol:
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida "sevuglar qoshi", "habash qirtishi", "qora yuz bog'i", "qunduz terisi" deb nimaga ta'rif berilgan?
Javob: tun.
12-savol:
Den Braunning "Ibtido "asarida keltirilishicha, bu belgi logogram, ya'ni bir so'zni aks ettiruvchi rasm hisoblanadi. Ko'pchilik bu belgini inglizcha biz ko'p hollarda ko'zimiz tushadigan bir so'zdan olingan deb hisoblaydi. Aslida, lotincha "et" - "va" so'zidan kelib chiqqan. Uning noodatiy shakli esa E va T harflarining tipografik birlashmasidan paydo bo'lgan.
D.s: bu belgini yozib bering.
Javob:
& - ampersand belgisi
Izoh: Ko'p hollarda inglizcha
"and" so'zi o'rnida qo'llaniladi.
13-savol:
Yusuf Hos Hojib "Qutadg'u bilig" asarida shunday ta'rif keltirgan "U narsa hovlingdagi arslon. U seni boshqa yirtqichlardan himoya qiladi. Zinhor uni bo'sh qo'yish kerak emas, aks holda u qafasini buzadi".
Ta'rif nimaga nisbatan aytilgan?
Javob:
Tilga erk bermaslik kerak
14-savol:
Jak Antuan Dyulorning "Parij tarixi" asarida yozilishicha, 1655-yil 13-aprelda Fransiya parlamenti yig'ilish o'tkazadi va qiroldan o'z siyosatini o'zgartirishini so'raydi. Qirolning nima uchun o'zgartirishim kerak degan savoliga, parlamentdagilar chunki siyosatingiz davlat manfaatlariga zid kelmoqda deya javob qaytarishadi. Shunda qirol g'azab bilan bizga tanish mashhur gapni javob tariqasida parlamentdagilarga aytadi.
Diqqat savol: siz menga ushbu qirol kimligini va uning o'sha mashhur gapini aniq ayting?
Javob:
Lyudovik XIV, mashhur ibora esa "Davlat bu men"
15-savol:
BLITS
1. 1941-yil tugʻilgan ijodkorning, yirik qissasi 1963-yilda "Sharq Yulduzi"ning X sonida bosilgan. Ushbu qissadan soʻng "mashhur talabchan adib" ijodkorga maktub orqali ijodiyotiga oq yoʻl tilaydi.
Savol: Siz ijodkorni emas qissa nomini aniq ayting.
2. 1929-yil Qoraqalpoq elida tugʻilgan shoir ijodkor ushbu asarida ona yurtining haroratli nafasini, oʻziga hos choʻng tabiatini, Kichik xalqning baxtiyorlikdan urib turgan katta yuragini, va xalq qoʻshiqlarini ifodalaydi.
Ushbu asar nomini aniq toping.
3. 1920-yil Toshkentda tugʻilgan ushbu ijodkorning bir hikoyasida Yozyovondagi sobiq xarbiy Rahimjon ismli dehqon yigit choʻlni bogʻga aylantirayotgani yozilgan. Rahimjonning laqabini ijodkor hikoyasiga nom qilganini hisobga olib, Hikoya nomini yoki dehqon yigit laqabini aniq ayting.
JAVOB:
1. Choʻl havosi.
2. Choʻl toʻrgʻayi.
3. Choʻl Burguti.
Izoh:
1) Oʻtkir Hoshimovning birinchi "Choʻl havosi” nomli qissasi 1963-yil “Sharq Yulduzi” jurnalining 10 sonida bosildi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, talabchan va mashhur ijodkor Abdulla Qahhor adibning birinchi asari haqida xat yozib, oq yoʻl tilaydi.
2) Ibroyim Yusupov Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani Azot ovuli da tugʻilgan.1972-yilda yaratilgan asar "Choʻl toʻrgʻayi" Qoraqalpoq elining haroratli nafasini, oʻziga hos choʻng tabiatini, Kichik xalqning baxtiyorlikdan urib turgan katta yuragini, va xalq qoʻshiqlarini ifodalaydi.
Maʼnba: "Choʻl toʻrgʻayi" 1972, 5- bet.
3) Said Ahmadning "Choʻl burguti" hikoyasi
16-savol:
Navoiyning "Lison ut tayr "asarida yozilishicha, Hudhud odil podshoh qidirib yo'lga tushadi va o'z yo'lini bir mamlakat tomon buradi. Shunda bu mamlakat ilohiy nurdan yorishib afsonaviy qush paydo bo'ladi. U bir silkinganida par(pat) tushadi. O'sha pat mo'jiasi bilan keyinchalik toʻrtta qasrning naqshlari "uchtadan biri bo'lgan" mashhur naqqosh tomonidan jilolanadi.
Siz toʻrtta qasr nomini emas, ushbu binolar qaysi mamlakatda bunyod etilganini ayting.
JAVOB:
Chin (Xitoy)
Izoh: Afsonaviy qush Semurgʻ edi, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida otasi Farhod uchun yaratgan 4 qasrga jilo bergan Moniy naqshlari rangi shu patqalamda beriladi. Lison ut Tayr asarida Hudhud tilidan Semurgʻ Chin yurtida paydo boʻlgani aytiladi. Farhod esa Chin yurtidan ekanligini hammamiz ham bilamiz.
17-savol:
Surdo tili.
Kuchukcha.
Sutli karamel konfet.
Kelib chiqishi qadimgi yunoncha boʻlgan ism.
Knyagina Shaxovskaya.
Diqqat savol: ushbu jumlalarni bir biriga bogʻliqligini anglagan holda ijodkorni aniq toping.
JAVOB:
Ivan Sergeyevich Turgenev.
Izoh: Konfet mumu kuchukcha va Surdo tili (imo ishora) Mumu asariga ishora edi.
Knyagina Shaxovskaya. Turgenevni ilk muhabbati. Turgenevning «Mumu» asarida soqov Gerasim o‘zi begona xonadonda xizmat qilgani holda kichkina kuchukchani boqib oladi.
Gerasim ismi qadimgi yunoncha Gersaimos ismidan kelib chiqqan. Gerasim nomi "sovg'a" deb tarjima qilingan. Gerasim ismining yana bir ma'nosi - "xushxabar".
18-savol:
Alisher Navoiyni asarlarini o'qiganimizda hozirda kashf qilingan narsalarni o'sha davrdayoq kashf etilganini bilib olamiz.
Uning "Sabbai sayyor" asarida Zayd haqida hikoya keltirilgan.
Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Zayd bir taxt yasaydiki, uni hozirgi zamondagi ko'rinishiga mos keladigan tarzda harakatga kelishini bilib olamiz va hayratda qolamiz.
Hurmatli bilimdonlar ushbu taxtning hozirgi zamondagi ko'rinishini ayting.
Javob: Eskalator.
19-savol:
Chingiz Aytmatov ''Ona Tuproq'' asarida shunday o‘xshatish qiladi:
"Bir nihol urug‘dan qanday tug‘ilsa, bir Alfaning baxtiyorligi xalqining baxtiyorligidan tug‘iladi. Xalqining hayotidan uzoqda qolgan Alfaning hayoti yo‘qdir''.
Alfa sizu bizga juda qadrli ekanligini hisobga olib, SSSR davrida unga berilgan eng yuksak unvonni ayting.
Javob:
Qahramon ona.
20-savol:
Duplet
Bir mashhur yozuvchimiz Muhammad Alining ko'pchilik o'qigan "Sarbadorlar" asarida bir laqab tog'risida qisqacha aytib o'tilgan. Bu laqab egalari uzoq o'tmishdoshlari, ajdodlaridan birortasiga g'oyibona shogird tutingan bo'lishi kerak. Shundagina ular bu laqabga ega chiqadilar!
Diqqat savol: Bu laqabni toping?
Bu inson Farg'ona hududidagi Marg'ilon shahrida tug'ilgan bo'lib, uning otasi shoir, akasi esa mashhur hofizlardan biri bo'lgan. Bu inson o'z sohasiga aloqador bo'lgan "fikrni yashirib ifodalash" san'atini anchayin chuqur o'rgangan. Yordam sifatida aytishim mumkinki, bu inson bir xonning turmush o'rtog'iga ustozlik ham qilgan.
Diqqat savol: Bu insonni toping?
Javob:
1. Uvays
2. Uvaysiy
Izoh: Shoira aruz san'ati (she'rda fikrni yashirib ifodalash)ni mukammal o'rgangan. U Qo'qon xoni Umarxonning rafiqasi Nodiraga ham ustoz, ham yaqin dugona bo'lgan.
21-savol:
T. Malikning mashhur "Shaytanat" asarida Asadbekning hokimligi QARTAdan yasalgan qasrga o'xshatiladi. U yomg'irni hisobga olmagan edi, yomg'ir yog'gani mahali hamonoq uning qasri erib ketardi.
D.S. QARTA so’zi qaysi so’z bilan almashtirilgan?
Javob:
Tuz.
22-savol:
Bir versiyaga ko'ra, bu so'z "raqib" degan ma'noni anglatuvchi lotin so'zidan kelib chiqadi. Shekspirning bir mashhur asarida buning haddan ziyodligi yomon oqibatlarga olib borishini takidlaydi.
Savol: U Nima?
Javob: rashk
Izoh: rashk so'zi lotincha "rivinus" raqib sözidan olingan degan versiya bor.
Asar esa "Otello".
Dostları ilə paylaş: |