Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/117
tarix02.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136984
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki
deganda foydalanuvchilar ma’lumotlarining
bazalari, bu bazalarni shakllantirish, olib borishning texnik va dasturiy vositalari, tizimning
faoliyat yuritishini ta’minlovchi mutaxassislar jamoasi majmuidan iborat bo’lgan tashkiliy-
texnik tizim tushuniladi.
Eng umumiy ko’rinishda ma’lumotlar bankining asosiy vazifalarini quyidagicha
shakllantirish mumkin: muammo sohaning xuddi o’xshash axborotli aks ettirilishi,
foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotlar saqlanishi, yangilanishi va berilishini ta’minlash. Har
qanday ma’lumotlar bankining tarkibiy qismlari ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimi (MBBT),
ma’lumotlar bazasining ma’muriyati, amaliy dasturiy ta’minlanishdan iborat bo’ladi. Bu 1-
rasmda keltirilgan.
1-rasm. Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlar.
Ma’lumotlar
bazalarini
boshqarish
Ma’lumotlar
bazalari
Amaliy dasturlar paketi
Ma’lumotlar bazasi
adminstatori


Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil
qilishni ikki
jismoniy
va
mantiqiy
darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja
ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni SHK xotirasida
saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai
nazaridan mantiqiy bo’linadi.
Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi
- bu, SHKning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir.
Shunday qilib,
ma’lumotlar bazasi -
bu, SHK xotirasida saqlanadigan va muammo soha
holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning
majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini
ta’minlash uchun ham mo’ljallangan.
Muammo soha haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish qiyin va hozirgi vaqtda
zamonaviy SHK xotirasi hajmining yetarlicha bo’lmasligi sababli amalda bajarish mumkin emas.
Unga nafaqat ushbu omil to’sqinlik qiladi. Amalda ko’pgina ma’lumotlar bazalari
ishlatishlarning cheklangan soni uchun loyihalashtiriladi. Bitta SHKda, qoidaga ko’ra, bir necha
xildagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqt o’tishi bilan turdosh vazifalarni bajarish uchun
mo’ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazalari, agar bu butun hisoblash majmuasining ish
unumdorligini oshirishga ko’maklashsa, birlashtirilishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasini yaratilishi ma’lumotlarni integrasiyalashuvi va ma’lumotlarni
markazlashgan holda boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin