·
axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot
olish va undan foydalanish
samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Masofaviy ta’lim pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni
zaruriy
axborotlarni izlay bilish, tanlangan axborotlar bilan ishlay bilish va
informatika vositalari
yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga oshira bilish yo’nalishlarini zamonaviy
ta’lim talablariga mos holda ta’limni yanada optimallashtirib boraveradi.
Masofadan o’qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri bo’lib, u insonning ta’lim va axborot
olish huquqini ta’minlashga qaratiladi.
“Ta’lim” va “O’qitish” atamalaridan foydalanish bo’yicha bir qat’iy tavsiya yo’q. Ta’lim
ham, jarayon ham natija sifatida ta’riflanadi. Keyingi vaqtlarda “masofadan o’qitish” atamasidan
foydalanish odat tusini oladi. Bu masofadan o’qitishning jarayon ekanligini va uning o’qitish
texnologiyasi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi.
Masofadan o’qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni uzatish
vositalari, axborot
resurslari, o’zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’ligan ehtiyojlarini
qondirishga yo’naltirilgan apparat –
dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va boshqalarning
tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: