Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/117
tarix02.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136984
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
– ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash,
qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon
yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni
qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu texnologiyadan hozirgi vaqtda
deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu
texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish
imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi
zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar,
ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori
texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan


foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat
taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari:
Ixtisoslashgan ilmiy-texnika zonalari tarmog’ini barpo etish, ishlab chiqarish va tadbirkorlik
faoliyatiga yuqori texnologiyalarni samarali joriy etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarida axborot texnologiyalarini qo’llashni kengaytirish, aholi va xo’jalik yurituvchi
subyektlarga ko’rsatiladigan interfaol xizmatlar hajmini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini
yaxshilash, mamlakat axborot xavfsizligi tizimini mustahkamlash, elektron hujjat aylanishi
mexanizmini takomillashtirish.
Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot
uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, ularni dunyo standartlariga yetkazish va
shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida keng ko’lamli chora-tadbirlar
ko’rilyapti.
Ko’z o’ngimizda ro’y berayotgan taraqqiyot odimlarini barcha sohalarda bo’lgani kabi
telekommunikatsiya tizimida yaqqol kuzatishimiz mumkin. Avvallari faqatgina so’zlashuv
uchun ishlatilgan telefon simidan bugun internet, tovushli aloqa va ma’lumotlar uzatish kabi turli
qo’shimcha xizmatlardan foydalanish, videotelefoniya va hatto teleko’rsatuvlar ko’rish imkoni
bor. Bularning barchasi so’nggi yillarda telekommunikatsiya tarmog’ining izchillik bilan
modernizasiya qilinishi natijasida yuzaga keldi. Hukumatimiz tomonidan mazkur sohaga eng
zamonaviy vositalar joriy qilinishiga katta e’tibor qaratilgani bois, bugun yurtdoshlarimiz
ko’plab qulayliklarga ega bo’lmoqdalar.
Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi
izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnalogiyalarisiz hayotimizni
tasavvur etib bo’lmaydi. Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan.
Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish
ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab olingan. Prezidentimizning ”O’zbektelekom” aksiyadorlik
kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish
chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori bu borada dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Amaliy
harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot resurslarini yaratish va undan
foydalanish samaradorligi oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsa-
dida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar
va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog’ini shakllantirish,
axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha chora-tadbirlar
amalga oshirildi.
Barcha oliy o’quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilgan
www.edu.uz,
www.markaz.uz
veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog’ining milliy segmentida axborot
resurslarni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq barcha o’quv yurtlari veb-
saytlari
www.edu.uz
 axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan.
Bundan tashkari, o’quv
yurtlarining o’quv qo’llanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» elektron-ta’lim bazasida
joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog’ining resurslari yaratilgan, o’zbek
adabiyotining yorqin namoyondalari hayoti va ijodiga bag’ishlangan
www.literature.uz
 veb-sayti
ishga tushirilgan, maqolalar to’plami, o’quv qo’llanmalar va E-collector referatlar hamda oltita
tilga mo’ljallangan —
www.multilex.edu.uz
 on-layn lug’at yaratildi.
O’quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, ta’lim jarayoniga masofaviy o’qitishni
joriy etish, talabalar va o’qituvchilarning mustaqil o’qishini ta’minlash maqsadida Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU) qoshida
www.pedagog.uz
 axborot-
ta’lim portali yaratildi. Mazkyp portalning masofaviy o’qitish bo’limida o’rganilayotgan fanlar
bo’yicha test vazifalari va virtual laboratoriya stendlari joylashtirilgan. Universitet bo’yicha 250
kompyuterni birlashtirgan "TDPU-INTRANET» tarmog’i faoliyat yuritadi.


2007 yilning oxiriga kelib, oliy o’quv yurtlarida yaratilgan 500 dan ziyod elektron o’quv
qo’llanma ro’yxatga olingan, o’qitiladigan predmetlar aksariyati bo’yicha ma’ruzalarning
elektron matnlaridan oliy o’quv yurtlari axborot-resurs markazlarida foydalanish mumkin.
ZiyoNET ta’lim tarmog’i resurs markazining bo’linmasi tomonidan «ZiyoNET» portalining
«Biblioteka» bo’limida 6000 dan ziyod axborot-ta’lim resurslari joylashtirilgan. Barcha resurs
markazlarida axborot va kompyuterlarni zararli dasturlardan himoyalash bo’yicha zarur chora-
tadbirlar ko’rildi. Buning uchun doimiy tarzda yangilanib turadigan maxsus viruslarga qarshi
dasturlar qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381-son
farmoniga muvofiq oliy o’quv yurtlari qoshida axborot-resurs markazlari tashkil etilmoqda, bu
esa kadrlarni tayyorlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Axborot-resurs markazlardagi
kompyuterlarning umumiy soni 1600 dan ziyodni tashkil etadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazining barcha o’quv yurtlari orasida byudjet mablag’lari hisobiga tayyorlangan 307 o’quv
qo’llanmalarning elektron versiyalari tarqatilgan. Ishlar ta’lim jarayonida AKTni qo’llash
bo’yicha o’rta maxsus o’quv yurtlari o’qituvchilarining ko’nikmalarini oshirish bo’yicha
tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmokda.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin