Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/117
tarix02.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136984
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

3.4. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari
Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok
etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida


va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga
oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek ma’muriyatning
uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda.
1970-1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotlarni «markazlashtirilgan» qayta
ishlash tizimlaridan foydalanish keng tarqaldi. Katta moddiy xarajatlar talab qiluvchi elektron
hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash
quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini
cheklanishiga olib keladi. Qolaversa markaziy EHMning biron-bir qismining qisqa vaqtga
bo’lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu esa
informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to’xtatishga olib keldi. Nihoyat,
shaxsiy kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji
axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi «tarmoqlangan qayta ishlash» texnologiyasini
yaratishga asos bo’ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informatsion tizimning shunday bir turiki,
unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o’zaro informatsion
aloqa kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va
natijada, hisoblash tarmoqlari hosil bo’ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar
mavjud:
– ma’lumotlar va fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish;
– umumiy ma’lumotlar xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish;
– axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuter tarmog’i-bu kompyuterlarni bir-biri bilan bog’laydigan tizim hisoblanadi. U
disklarni ishlatmasdan, ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish uchun
xizmat qiladi.
Hisoblash tarmoqlari quyidagi tiplarga bo’linadi:
- LAN(Local Area Network) — lokal hisoblash tarmog’i.
- MAN (Metropolitan–regional Area Network) –korporativ (regional yoki mintaqaviy)
hisoblash tarmog’i.
- WAN (Wide Area Network) — jahon hisoblash tarmog’i.
- KAN (Korporativ Area Network) — korporativ hisoblash tarmog’i.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatidan
tasniflash mumkin. Bunga ko’ra

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin