Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Ingliz tili II fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4-kurs 25-(o’zbek) guruh talabasi Norboboyeva Sitoraning



Yüklə 17,81 Kb.
tarix01.12.2022
ölçüsü17,81 Kb.
#120283
Hisobot Sitora


Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Ingliz tili II fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 4-kurs 25-(o’zbek) guruh talabasi Norboboyeva Sitoraning 05.09.2022-yildan 12.11.2022-yilgacha Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani 111-umuiy o’rta ta’lim maktabida
pedagogik amaliyotni o’taganligi to’g’risidagi
Hisoboti
Men, Norboboyeva Sitora, 2022-yil sentabr oyining 5-sanasidan noyabr oyining 12-sanasigacha Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidagi 111-umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyotni o’tadim. Amaliyotning ilk kuni men Zoom platformasida bo’lib o’tgan yig’ilishda ishtirok etdim. Yig’ilishda bizga pedagogik amaliyot dasturi va kundaligi to’g’risida ma’lumotlar berishdi. N.F.Ochilova bizning guruhimizning amaliyot rahbari etib belgilandi. Keyin maktabga borib, shartnoma hujjatlarimni topshirdim.
Pedagogik amaliyotning ikkinchi kuni maktabga bordim va maktab direktori meni 7-“B” sinf rahbari Haqqulov Axrorga biriktirdi. Kun davomida menga biriktirilgan o’qituvchining darslarida qatnashdim va dars o’tish jarayonini kuzatib bordim. Amaliyot rahbarim bilan dars jadvali va pedagogik amaliyot dasturini ko’rib chiqdim. O’qituvchi menga o’zining tematik va dars rejasini ko’rsatdi va tushuntirdi. Amaliyotning birinchi haftasida men maktab ma’muriyati, o’qituvchilari va maktabning iqtidorli o’quvchilari bilan tanishdim.
Pedagogik amaliyotning asosiy bosqichida men amaliyot rahbarimdan sinf jurnalini yuritish to’g’risida maslahatlar oldim va sinf jamoasiga tavsifnoma tuzishni o’rgandim. Hafta davomida maktabning moddiy bazasi, ya’ni fan kabinetlari bilan tanishib chiqdim. Maktabda faoliyat olib boradigan “Yoshlar ittifoqi” sardori bilan suhbatlashib va ular iqtidorli o’quvchilar bilan qanday mashg’ulotlar olib borishi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Amaliyotning uchinchi haftasidan boshlab men dars o’tishni o’rgandim va amaliyot rahbarim kuzatuvi asosida darslar o’tdim. Amaliyot rahbarim menga o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash shakllarini o’rgatdi. Dars o’tish jarayonida o’quvchilar bilan qanday munosabatda bo’lishni o’rgandim va o’qituvchi menga dars o’tish jarayonimda qiynalgan narsalarimda ko’maklashdi. Men 22-sentabr kuni sinfida “Healthy and unhealthy” mavzusida ochiq dars tashkillashtirdim. Dars davomida o’quvchilar bilan muloyim bo’lishga harakat qildim. Avvalo, ulardan uyga vazifalarni so’rab chiqdim va yangi mavuni tushuntirdim. O’quvchilarni darsga qiziqtirish maqsadida amaliyot rahbarimdan o’rgangan ba’zi mashg’ulotlardan foydalandim. O’quvchilar tomonidan berilgan savollarga aniq va to’g’ri javob berishga harakat qildim. Dars oxirida o’quvchilarni baholadim va uyga vazifalar berdim.
Amaliyotimning yakuniy bosqichlarida men amaliyot rahbarim bilan amaliyotda kerak bo’ladigan hujjatlarni taxladim. Amaliyot rahbarim menga hujjatlarni to’ldirishda yordam berdi. So’ng menga kundalikni va tahlilni to’ldirishda yordam berdi. Men kundalik va hujjatlarimni tasdiqlatdim va amaliyotimni yakunladim.

Amaliyot rahbari: N.F.Ochilova


Talaba: S.Y.Norboboyeva
Yüklə 17,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin