Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german tillar fakulteti


Ta’lim texnologiyalari va ularning turlari



Yüklə 116,33 Kb.
səhifə4/6
tarix20.04.2023
ölçüsü116,33 Kb.
#125679
1   2   3   4   5   6
kurs ishi namuna

3. Ta’lim texnologiyalari va ularning turlari
“Texnologiya”ni o‘qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning vazifasidan biri hisoblanadi. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, o‘qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Oliy ta’limda ana’anaviy o‘qitish texnologiyasi o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga tobora zid bo‘lib bormoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videoko‘z, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.
O‘quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to‘rt tartibda:

  1. passiv qo‘llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;

  2. reaktiv muloqot – kompyuter imtihon oluvchi sifatida;

  3. faol muloqot – kompyuter talabaga yo‘l – yo‘riq berish va imtihon olishda;

  4. interfaol muloqot – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqot qilishda foydalaniladi.

Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:

  1. fan sohalarini axborotlashtirishni;

  2. o‘quv faoliyatni intellektuallashtirishni;

  3. integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni

Ta’lim texnologiyasinining o’ziga xos xususiyatlari:

  1. Ta'lim texnologiyasi jarayonida pedagog rahbarligida o'quvchi mustaqil bilim oladi, o'rganadi, o'zlashtiradi.

  2. O'quvchi o'qitilmaydi, uni mustaqil o'qishga o'rgatiladi.

  3. O'quvchiga bilim tayyor holda berilmaydi, unga bilimlarni turli manbaalar (darslik, qo'llanma, matn, internet )lardan mustaqil ola bilishga o'rgatiladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi:

  1. Тalabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;

  2. o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o‘zlashtirilishiga;

  3. interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;

  4. sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;

Pedagogik texnologiya – ta’limni rejalashtiradigan natijalarga erishish jarayoni va tafsiloti hisoblanadi. Pedagogik texnologiya – didaktik tizimning tarkibiy qismi; Pedagogik texnologiyalar ma’lum bir konsepsiyaga tayanadi. Pedagogik texnologiyalar – o‘quv-tarbiya jarayoni va uning qismlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Samaradorlik, ta’lim standartlarining bajarilishiga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uni boshqalar tomonidan qayta amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, nutq va diologik muloqotni umumta’lim maktabi o’quvchilarida oshirishuchun pedagogik ta’lim texnologiyalardan keng foydalanamiz. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogik ta’lim texnologiyalarining jadal taraqqiy etganligi va har jabhada ularning ko’plab turlari borligi chet tillarini, shuningdek, fransuz tilini o’qitish va o’rganishda ham ulkan qulaylik yaratmoqda.



Yüklə 116,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin