CHarx qo`shiqlari
to`quvchilik qo`shiqlari silsilasida keng tarqalgan bo`lib,
ularda ip yigirish quroli bo`lgan charxning tavsifi, charx yigirishning mashaqqati,
charx yigirmasa, tirikchilikning o`tmay qolishi, charx yigiruvchi ayolning o`z
mehnati samarasidan bahramand bo`lish orzusi kuylanadi.
O`tmishda turli matolarga bo`lgan ehtiyoj faqat qo`l mehnati orqali, oddiy
to`qish dastgohlari vositasida qondirilgan. Hozirgidek to`qimachilik sanoati
mavjud bo`lmagan.
Mehnatkash, hunarmand kishilar oddiy dastgohlarda
atlas, kimxob kabi matolar bilan bir qatorda bo`z ham to`qiganlar. Bo`z arzon va
pishiq, qishda issiq, yozda esa salqin bo`lishi tufayli atlas va kimxobga nisbatan
ancha xaridorgir bo`lgan. Uni ko`pincha mehnatkash xalq olib kiygan. Atlas va
kimxobni to`yda kiyish o`rinli bo`lsa, bo`zni kundalik mehnat jarayonida kiyish
ancha qulay bo`lgan.
Bo`z to`qish dastgohlari zax va qorong`i hujralarda joylashgan. Bo`z
to`quvchini bo`zchi deb aytganlar. Bo`z to`qish nihoyatda qiyin hmush bo`lgan.
Bo`z to`qish uchun kecha-kunduz dastgohlar oldidan jilmay ishlashga to`g`ri
kelgan. SHunday qiyinchilikni engish, charchoqni unutish maqsadida bo`zchilar
ko`plab qo`shiqlar yaratganlar. Ular tomonidan yaratilgan qo`shiqlar bo`zchi
qo`shiqlari deb hritiladi.
Bo`zchi qo`shiqlarida unumsiz va mashaqqatli bo`lgan bo`z to`qish
mehnatining qiyinchiligi, bo`zchi bozorining kasodligi, to`quvchilarning
oilalaridagi muhtojlik va qashshoqlik xususida kuylanadi:
Go`sht ololmay gurda olgan bo`zchi,
Qiz ololmay beva olgan bo`zchi.
Munchalar shildirab o`tar nochasi,
Qip – qizil shalg`omga o`xshar pochasi.
Hozirgi paytda mato to`qish ishlarining texnik jihatdan avtomatlashtirilishi
oddiy to`qish dastgohlarini siqib chiqarmoqda. Faqat Farg`ona vodiysining ayrim
joylarida (ayniqsa, atlas o`lkasi hisoblanmish - Marg`ilonda) atlas to`qish
dastgohlari kam miqdorda saqlanib qolgan, xolos. SHundamikin, bo`zchilar
qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
O`tmishda gilam, shol va boshqa jun matohlarni tayyorlashda jun ipdan
foydalanilgan. Jundan ip yigirishda urchuq asbobi ishlatilgan. Urchuqda ip
yigirish, asosan, xotin-qizlar mashg`uloti sanalgan. Xotin-qizlar urchuqda ip
yigirishday og`ir va mashaqqatli mehnatni bajara turib, o`zlarining ayanchli
turmushlaridan, erksiz hayotlaridan qalblarida tug`ilgan iztirobu alamlarni
qo`shiqqa solganlar va shu qo`shiqlarni kuylash asnosida bir lahza bo`lsa-da,
turmush mashaqqatlarini unutganlar. Bu qo`shiqlar urchuq qo`shiqlari deb hritiladi.
Xalqimiz orasida keng tarqalgan hunarlardan biri gilam, sholcha
to`qish, ya`ni o`rmak o`rishdir. SHu jarayonda ijro etilgan qo`shiqlar o`rmak
qo`shiqlari deb hritiladi. Gilam va sholcha to`qish bo`z to`qishdan ham og`ir va
mashaqqatli bo`lgan. U kishidan katta sabr-toqatni va matonatni talab qilgan.
Tikuvchilik qo`shiqlari xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllangan
tikish-bichishga aloqador an`analarini ifodalaydi. Ular, aksar hollarda, tikiladigan
kiyimlarning turlari va ularga daxldor e`tiqodlarga qarab ichki xilma-xillik hosil
qilgan. SHu sababli bir kiyimga atalgan namunasi boshqa kiyimni tikayotganda
aytilmaydi. SHu zaylda bir-biridan farq qiluvchi kashtachilik, do`ppido`zlik,
to`ndo`zlik, zardo`zlik va boshqa turkumlarga mansub qo`shiqlar paydo bo`lgan.
O`zbek kashtachiligi dunyoga mashhur. Xalqimiz bu hunar bilan juda
qadim zamonlardan beri shug`ullanib keladi va uni san`at darajasiga ko`tarishga
erishgan. Kashtachilikning bir necha turlari mavjud.
Bular bosma, jimalay,
sanama, ilma
deb hritiladi. Ularning xar biri kashtachidan alohida mehnat va
mahoratni, bilim va qobiliyatni talab etadi.
Kashta tikish bilan ayollar shug`ullanishadi. O`tmishda har bir qizdan
kashta tikishni bilish talab etilgan. CHunki u o`z sepini o`zi tikkan kashtalari
bilan to`ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga qarab, uni tikkan qizning
qandayligiga, fe`l-atvoriga, qobiliyatiga baho berishgan va bu hol kashtachilik
qo`shiqlarida o`z ifodasini topgan:
Bosma
tikkan botir qiz,
Jimaloy
tikkan chevar qiz.
Sanama
tikkan sardor qiz,
Ilma
tikkan ilgir qiz.
O`tmishda mahalliy boylar uy bekalarini, qiz-juvonlarni, cho`rilarni kashta
tikishga yollab ishlatganlar va ularga og`ir mehnati evaziga arzimas haq
to`laganlar. SHu sababli ba`zi kashtachilik qo`shiqlarida kashtado`z ayollarning
rahmsiz boylardan shikoyati yangraydi:
Kashta tiktiradi boy,
Kashta guliga gadoy.
Kecha-kunduz tik deydi,
Nega hribdi o`lmay?
Tikuvchilik ishlari orasida kashta tikish to`n, ko`rpa, ko`ylak kabi
narsalarni tikishga qaraganda bir muncha qiyin va mas`uliyatlidir. Bu
kashtachilik qo`shiqlarida alohida tilga olib o`tilgan:
Jomovdi jonli tikadi,
To`rmagin egri tikadi.
To`n tikish, ko`rpa tikish-
Uni ko`r ham tikadi.
Hozirgi paytda kashtachilik san`ati milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida
nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado`zlikni rag`batlantirish
uchun qator chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Har yili kashtachilarning an`anaviy
ko`rik-tanlovlari o`tkazilib turilibdi. Eng yaxshi kashtado`zlar uchun maxsus
sovrinlar tashkil etilmokda.
Dostları ilə paylaş: |