Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

ZARURIY ADABIYOTLAR: 
1.
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, 
K.Imomov). Toshkent: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1980 yil. 
2.
SH. Xolmatov. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. SamDU, 1980 yil.
3.
N.Mallaev. O‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: «O‘qituvchi» nashriyoti, 
1976 yil. 
4.
A.Abdurahmonov. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 
2004 yil. 
5.
O‘zbekiston xalqlar tarixi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1992 yil. 
6.
U.Jumanazarov. Tarix haqiqati va xalq ijodi badiiyati (ilmiy risola). 
Toshkent: «Fan» nashriyoti, 2007 yil. 
3-MAVZU: Kichik janrlar: maqol, matal va topishmoq, olqishlar va 
qarg`ishlar janrlar poetikasi.
REJA: 
 
1.
Maqol – mantiqiy mushohada namunasi va dono gap donishmandlik 
mahsulidir. 
2.
Topishmoq, jumboq, matal, cho‘pchak deb nomlanuvchi janrdir. 
3.
Maqol, topishmoq, lof janrlarining mavzu doirasi va badiiy talqini. 
4.
Olqishlar va qarg`ishlar janrlar poetikasi. 
Tayanch iboralar
: Xalq og‘zaki ijodi fanida muhim o‘rin tutgan kichik janrlar 
haqida ma`lumot. 
Darsning maqsadi
: Maqol, topishmoq, lof janrlarining xalq og‘zaki ijodida tutgan 
o‘rni, ularning tili va badiiy xususiyatlarini yoritib berish.


Darsning vositalari
: Ko‘rgazmali o‘quv qurollari, fol‘klorshunos olimlarning 
kichik janrlarga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini 
talabalarga namoyish qilish. 
Darsning metodi:
Blits so‘rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari. 
Darsning mazmuni:
So‘z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo 
bo‘lishi bilan yuzaga kela boshladi. Maqol – mantiqiy mushohada namunasi, odob 
va axloq qoidalarini jamuljam etgan dono gap. Ular qadimdan xalq 
donishmandligi, aql-idroki, fikr-o‘ylarining ifodasi sifatida yashab kelganlar; 
sinalgan, turmush tasdiqidan o‘tgan tushunchalarni ifodalab, unga qanot baxsh 
etganlar. Maqollar ta`lim-tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega. U kishilarni 
ogohlantiradi («
Birovga kulma zinhor, senga ham kulguvchilar bor
»), maslahat 
beradi («
Yo’l bilmasang yo’l so’ragin yurgandan, gap bilmasang gap so’ragin 
bilgandan
»), tanbeh berib, tanqid qiladi («
CHolni ko’rib buvam dema
»), mehnatni 
ulug‘laydi («
Ishlaganning og’zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga 
tegar
»), hajviy kulgi ostiga olib, fosh etadi («
Ishtonsiz tizzasi yirtiqqa kular
») va 
boshqalar. Ko‘ramizki, maqollarda chuqur mazmun, mehnatkash ommaning 
donoligi, milliy an`ana, uzoq asrlik hayot tajribalari, tabiat va jamiyat hodisalari 
haqida fikri, bahosi, mehnat yakunlari mujassamlashgan. SHuning uchun ham 
maqollar uzoq umrli bo‘ladi. Maqollarda har bir tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy 
voqealar ma`lum darajada o‘z izini qoldiradi. SHuningdek, yangi-yangi maqollar 
yaratilib, so‘z san`ati xazinasi boyiyveradi. 
Maqollar ko‘p jihatdan matallarga o‘xshasa ham, ularning har qaysisi o‘ziga 
xos xususiyatga ega. 
«Temirni qizig’ida bos», «YOvni ayagan yara er, kaltagini 
sara er», «Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar», «Er yigitga ikki nomus – bir 
o’lim»
kabilar tom ma`noli maqollar bo‘lib, ularning mazmunida tugal fikr, 
umumiy xulosa bor. 
«Sulaymon o’ldi, devlar qutuldi», «Tosh qattiqmi, bosh», 
«Ko’rgan bilan eshitgan bir emas», «Ayozxon, haddingni bil»
kabilar esa matallar 
hisoblanadi. CHunki ularning mazmunidan umumiy xulosa, tugal fikr 
anglashilmaydi, balki xususiy belgining o‘zigina ifodalangan. 
Darhaqiqat, 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin